Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «qoniqarsiz» deb tasniflangan kreditlar
tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz
(qoldiq) summasining yuz foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim. Tijorat banki tomonidan ta‘minotga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni qaytarish choralari qo‗llanishi lozim. Sifati «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar bo‗yicha ehtimoliy yo‗qotishlarni qoplashga mo‗ljallangan majburiy zaxiralar maxsus zaxiralar deyiladi. Kredit portfelini berilgan ssudalarning ta‘minlanganlik darajasiga qarab quyidagi turlarga, ya‘ni: • birinchi darajada ta‘minlangan; • boshqa ta‘minotga ega bo‗lgan; • to‗liq ta‘minlanmagan; • ta‘minlanmagan ssudalarga bo‗lish mumkin. Birinchi darajada ta‘minlangan kreditlar guruhiga to‗liq ta‘minlangan kreditlar kiradi Ular: • O‗zbekiston Respublikasi hukumati kafolati. • O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki kafolati. • O‗zbekiston Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf xorijiy banklari kafolati. • Erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov. • O‗zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‗ozlari ko‗rinishidagi garov. • Standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo‗yilmalari ko‗rinishidagi garov kabilar bilan ta‘minlanadi. Boshqa ta‘minotga ega bo‗lgan ssudalar: • mol-mulk garovi; • qimmatli qog‗ozlar ko‗rinishidagi garov; • boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati kabilar bilan ta‘minlanadi. To‗liq ta‘minlanmagan kreditlar guruhiga qisman ta‘minlangan kreditlar kiradi (ssuda qiymatining 60% idan kam bo‗lmagan miqdorda). 396 asosiy to‗lov manbalari qarz to‗lash uchun yetarli bo‗lmasa; ta‘minotni sotishdan kelgan tushum yetarli bo‗lmasa; qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablag‗larining mo‗ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli bo‗lmasa; qarz oluvchining kapitali yetarli darajada bo‗lmasa; ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror bo‗lmasa; ta‘minot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech bo‗lmaganda, asosiy qarzning to‗lanmagan summasiga teng bo‗lsa; asosiy qarz va foizlar bo‗yicha muddati o‗tgan qarzdorlik mavjud bo‗lib, uning muddati 90 kundan oshmagan bo‗lsa. Ushbu ko‗rsatkichlardan bittasi mijoz faoliyatida yuzaga kelsa, uning olgan krediti bankning kredit portfelida qoniqarsiz kreditlar qatoriga kiritiladi. Tijorat banki sifati «qoniqarsiz» deb tasniflangan kreditlar Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling