Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


O„z bilimini tekshirish uchun savollar


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
O„z bilimini tekshirish uchun savollar 
 
- Kredit siyosatining mohiyati va maqsadini tushuntiring. 
- Kredit siyosatini qaysi muassasa tuzadi, uning xususiyatlarini 
keltiring. 
- Kredit siyosatining tarkibiy qismlarini sanang va tushuntiring. 
- Kredit siyosatida asosiy e‘tibor nimaga qaratiladi. 
- Kredit siyosati qancha davrga tuzuladi va uni o‗zgartirish mum-
kinmi? 
- Agar kredit siyosatini o‗zgartirish mumkin bo‗lsa, u qanday amal-
ga oshiriladi. 
- Agar siz bankingiz uchun kredit siyosat ishlab chiqsangiz, qaysi 
omillarga asosiy e‘tiborni qaratasiz?
- Mijoz kredit olishi uchun nima qilishi kerak? 
- Kredit paketi deganda nimani tushunasiz, uning tarkibini gapiring. 
- Kredit berish qoidasini ayting. 
- Kredit qanday turlanadi? 
- Kreditlashda bank nazorati qanday amalga oshiriladi? 
- Kredit monitoringi nima va u qanday amalga oshiriladi? 
- Tijorat banklarida kredit hujjatlarini yuritish qaysi me‘yoriy huj-
jatga asosan olib boriladi? 
- Kredit shartnomasi qachon va qay tartibda tuziladi? 
- Kredit shartnomaning tarkibiy qisimlarini izohlang. 
- Kredit shartnoma qachon o‗z kuchini yo‗qotadi? 
- Kredit shartnoma bo‗yicha xorijiy mamlakatlar amaliyoti 
to‗g‗risida gapirib bering. 


390
 
 
XI BOB. TIJORAT BANKLARINING KREDIT PORTFELI VA 
UNING SIFAT TAHLILI 
 
1-§. Tijorat banklarining kredit portfeli va uning iqtisodiy mohiyati 
 
Tijorat banklari faoliyatining barqarorligi va raqobatbardoshligi 
ularning resurslarini to‗g‗ri tashkil qilish va ulardan oqilona 
foydalanishga bog‗liq. Shuni ta‘kidlash lozimki, tijorat banklarining 
depozit va kredit portfelini tashkil qilish, boshqarish, uni diversifikatsiya 
qilish bank faoliyatining samaradorligini ta‘minlashning muhim 
yo‗nalishlaridan hisoblanadi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti keng 
rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining kredit siyosatiga, 
ularning kredit portfeli va uning sifatiga, undan foydalanish darajasiga 
katta e‘tibor beriladi, chunki banklar kredit portfelining to‗g‗ri tashkil 
qilinishi ularning samarali faoliyat ko‗rsatayotganidan dalolat beradi. 
Banklar faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy o‗rinni egallagani uchun 
ularning kredit portfelini to‗g‗ri tashkil qilish, banklarning samarali va 
barqaror faoliyat ko‗rsatishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi asosiy 
omillardan biri hisoblanadi. Kredit operatsiyalarini olib borishda yo‗l 
qo‗yilgan kamchiliklar banklar daromadining kamayishiga, ba‘zi 
hollarda ularning sinib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli 
banklarning kredit portfeli va uning sifatini nazorat qilib borish tijorat 
banklarining samarali faoliyatining garovidir. Aynan kredit portfelini 
oqilona boshqarish kredit risklarini kamaytirishning omili hisoblanadi. 
Banklarning kredit portfeli, uning holati to‗g‗risida biron fikr 
bildirishdan oldin, dastlab kredit portfelining iqtisodiy mohiyatini 
tushunib olishimiz lozim. Berilgan kreditlarning o‗z vaqtida banklarga 
qaytarilishi kreditlash jarayonining qay darajada tashkil qilinishiga
kredit berish va qaytarilishining muddatlariga rioya qilinishiga, ssudalar, 
ayniqsa, muddati o‗tgan yoki uzaytirilgan kreditlar bo‗yicha hisob-kitob 
operatsiyalarining to‗g‗ri olib borilishiga, ssudalar bo‗yicha zararlarni 
qoplash rezervi miqdoriga, banklararo kredit va markazlashtirilgan 
kreditlar bo‗yicha operatsiyalarning qonuniyligiga va kreditlarni to‗g‗ri 
turkumlash bo‗yicha banklarda o‗tkaziladigan analitik operatsiyalarning 
sifatliligi va boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi.
Banklar tomonidan bajariladigan barcha kredit operatsiyalari 
ularning kredit portfelida o‗z ifodasini topishi, har bir bank kredit 
395
portfeli va boshqa aktivlaridagi risklarni aniqlash va baholashda 
qo‗llaniladi. 
O‗z muddatida to‗lanishiga shubha tug‗dirmaydigan kreditlar sifati 
«standart» deb tasniflanadi. Bunda qarz oluvchi moliyaviy holati 
barqaror hisoblanadi, u yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadga 
ega, barcha mavjud majburiyatlarini, jumladan, olgan kreditini qoplash 
uchun yetarli pul mablag‗lari oqimiga, shuningdek, amalga oshirilishi 
mumkin bo‗lgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, 
yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va o‗z mahsulotini sotish bo‗yicha 
marketing rejasiga ega bo‗ladi. Ta‘minoti bo‗yicha kredit «yaxshi 
ta‘minlangan»ga mos keladi. Ta‘minot turlari qonuniy jihatdan to‗g‗ri 
va tasdiqlangan. Risk paydo bo‗lganda, bank cheklovlarsiz ta‘minot 
hisobidan kreditni undirib olish imkoniyatiga ega. 
Sifati «standart» bo‗lgan kreditlarda kreditning asosiy summasi va 
ular bo‗yicha foizlarni muddati o‗tmagan, ularning shartlari qayta ko‗rib 
chiqilmagan bo‗lishi, bunday kreditlarni to‗lashda muammolar yuzaga 
kelmasligi shart. Tijorat bankining kredit portfelida mavjud bo‗lgan 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling