Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


II darajali kapital quyidagilardan iborat


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

II darajali kapital quyidagilardan iborat: 
a) joriy yildagi sof foyda; 
b) xatarni hisobga olgan holda, aktivlar summasining 1,25 foizi va 
hisob-kitoblardan so‗ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miq-
dordagi umumiy zaxira; 
d) hisob-kitoblardan so‗ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan 
miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali 
tavsiflarini o‗z ichiga olgan vositalar). I darajali kapitalga kiritilmagan 
aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular 
quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi 
mumkin: 
to‗liq to‗langan bo‗lishi kerak; 
garov bilan ta‘minlanmagan; 
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari ta-
lablari qondirilganidan so‗ng qondirilishi;
aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy 
bank ruxsatisiz to‗lanishi mumkin emas; 
bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to‗lovga 
qobiliyatsiz deb e‘lon qilish huquqini bermasligi; 
agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo‗lsa, 
emitent xohishiga ko‗ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‗yicha divi-
dendlar (foizlar) to‗lash to‗g‗risida qaror qabul qilishda ushbu majburi-
yatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to‗lash muddati kechiktirilishi 
mumkinligi; 
e) subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‗lib, 
bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‗ng I darajali 
kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi 
subordinar qarz to‗lash muddati etib kelgunga qadar, oxirgi 5 yil davo-


118
mida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga 
kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
garov ta‘minotiga ega bo‗lmaslik;
bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‗yicha talablar 
depozitorlar talablari qondirilganidan so‗ng amalga oshirilishi; 
boshlang‗ich to‗lov muddati 5 yildan ortiq bo‗lishi; 
bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng bo‗lgan val-
yuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya 
uchun zaxiralar.
Kapitaldan 
chegirmalar 
kapital 
yetarliligi 
koeffitsiyentlari 
hisoblanguncha amalga oshirilishi kerak. 
I darajali kapitaldan chegirmalar nomoddiy aktivlar, shu jumladan
Gudvillni o‗z ichiga oladi. “Gudvill” – xaridor tomonidan bank sotib 
olinayotganda, uning sof aktivlari qiymatidan yuqori to‗lanadigan sum-
ma sifatida ta‘riflanadi (barcha aktivlarning bozor narxi va barcha 
majburiyatlarning bozor narxi o‗rtasidagi farq gudvillni tashkil qiladi.).
Regulyativ kapitaldan chegirmalar quyidagilardan iborat: 
birlashmagan nobank shu‘ba moliya korxonalari kapitaliga in-
vestitsiyalar, jumladan, bunday korxonalar kapitalini tashkil qiluvchi 
ularning har qanday aksiyalari va qarz majburiyatlari;
birlashmagan nobank nomoliyaviy korxonalar kapitaliga inves-
titsiyalar, jumladan, bunday korxonalar kapitalini tashkil etuvchi har 
qanday qimmatli qog‗ozlar va qarz majburiyatlari; 
birlashmagan banklar kapitalining har qanday vositalariga inves-
titsiyalar. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling