Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSh tijorat banklarining kredit operatsiyalari
Dasturlash usuli
Bu usul ma‘lum qo‗yilgan maqsad va masalaning optimal y echimini ta‘minlashga yo‗naltiriladi. Masalan, Maksimal foyda olish uchun resurslarni qanday taqsimlash lozim yoki mavjud sharoitda xarajatlarni qanday minimallashtirish mumkin. SHuningdek, aralash usul, ya‘ni normativlar orqali passivlarni aktivlarga joylashtirish usuli ham qo‗llanilishi mumkin. Qaysi usulni qo‗llash yo‗li bilan aktivlar portfelini samarali shakllantirish doimo bankning rahbariyatiga va ularning qabul qilgan qarorlarning sifatiga bog‗liq. AQSh tijorat banklarining kredit operatsiyalari Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari bank aktivlarining yetakchi qismini tashkil etib banklar daromadining asosiy manbasi hisoblanadi. Bugungi kunda biznes kredit vositasida olib boriladi. Kredit 167 2. Sotilgan federal fondlar hisob raqami – FRTga a‘zo bo‗lgan banklar u chun FRT joylashtiriladigan, ularning rezervlar bo‗yicha talabini qondiradigan depozitlar bo‗yicha talablar; Federal fondlarni sotish va sotib olish orqali bozor qisqa muddatga muvofiqlashtirilib turiladi. 3. Xazina qimmatli qog‗ozlariga investitsiya qilish bo‗yicha hisob varaqlari – AQSh hukumatining majburiyatlarini bozorda sotiladigan majburiyatlari. Bu o‗z ichiga xazina veksellarini, davlat qimmatli qog‗ozlari va obligatsiyalari. 4. AQSh hukumati korporatsiyalari va boshqa idoralarining majburiyatlar bo‗yicha investitsiyalari – Federal yer banki tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qog‗ozlari. 5. Sh tatlar va boshqa siyosiy bo‗linmalarning majburiyatlari bo‗yicha investitsiyalar – daromadi soliqdan ozod qilingan munitsipal obligatsiyalar. 6. Ko‗chmas mulk uchun ajratilgan kreditlar. 7. Biznesni rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar. 8. Iste‘mol kreditlari. 9. Bino inshootlarni ta‘mirlash va jihozlashga yo‗naltirilgan mablag‗lar. AQSh banklari amaliyotida bularni barchasi tijorat banklarining aktivlari portfelini tashkil etadi. Boshqarish usulllariga qarab bank aktivlarini to‗rtta asosiy guruhga bo‗linadi. Bular: - kassadagi pul mablag‗lari va unga tenglashtirilgan mablag‗lar; - qimmatli qog‗ozlarga investitsiyalar; - kreditlar va lizing; - bino, inshoatlar va nomoddiy aktivlar. Aktivlarni yuqoridagi yo‗nalishlar bo‗yicha oqilona boshqarish banklarga daromad olishni ta‘minlasa, ularni to‗g‗ri joylashtirish bank ishida muammolarning yuzaga kelishiga olib keladi. Amerika banklari amaliyotida ham aktivlarning daromadliligi darajasiga qarab ularni 2 guruhga ajratish mumkin.: - Daromadli aktivlar (Earning Assets); - Daromad keltirmaydigan aktivlar (Noearning Assets). 168 Daromad keltiruvchi aktivlarga ssudalar, qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar, hisobga olish operatsiyalari, bank investitsiyalari va boshqalar kiradi. Daromad keltiruvchi aktivlar salmog‗ining oshishi bankda zarur rezervlarning bo‗lishiga va bank tomonidan samarali depozit siyosatini olib borishga bog‗liq. Aktivlarning to‗g‗ri va samarali joylashtirilishi banklarning kredit siyosatiga ham bog‗liq. Banklarning kredit operatsiyalari bo‗yicha kredit ekspansiyasini o‗rnatish, kredit hajmini qisqartirish (rezerv talablar orqali), ochiq bozorda operatsiyalar olib borish, veksellarni qayta h isobga olish bo‗yicha limit o‗rnatish, hisob stavkaning yuqori chegarasini belgilash, ssudalar va investitsiyalar hajmini kamaytirish yoki oshirish orqali aktivlar bo‗yicha daromadlarni oshirish va kamaytirish bankning kredit siyosatida belgilanadi. Daromad keltirmaydigan aktivlar daromadsiz aktivlar deb ataladi. Ularga kassadagi va bank omboridagi naqd pullar, Federal rezerv bank yoki korrespondent banklardagi depozitlar, inkassatsiyada bo‗lgan cheklar, asosiy fondlar va boshqalar kiradi. AQSh tijorat banklarida aktivlar tijorat banklari faoliyatining rezervlari sifatida 2 kategoriyaga bo‗linadi: - birlamchi rezervlar; - ikkilamchi rezervlar. Birlamchi rezervlarga naqd shakldagi likvid aktivlar kiradi. Bu aktivlar yuqori likvidlilikga ega bo‗lsada daromad keltirmaydi. Ularga kassadagi va rezervdagi naqd pullar, Federal rezerv bank va korrespondentlik hisob varag‗ida bo‗lgan mablag‗lar kiradi. Odatda, kassadagi mablag‗lar bank mablag‗larining bir qismi bo‗lib bank kassiri tomonidan joriy to‗lovlar uchun ishlatilsa, rezerv pullar bank tomonidan depozitlar bo‗yicha to‗lovlarni amalga oshirishga yo‗naltirishi mo‗ljallangan banknotalar hisoblanadi. AQSh qonunchiligiga muvofiq hech qanday muvofiqlashtiruvchi tashkilot bank tizimi va tijorat banklarida mablag‗larni zaxiraga olib qo‗yishga haqli emas. Ikkilamchi rezervlar – bular pul shaklida bo‗lmagan likvid aktivlar bo‗lib ular tarkibiga davlat va munitsipal obligatsiyalar, tez to‗lanishi lozim bo‗lgan, muddati 30 kungacha bo‗lgan kreditlar kiradi. 169 Ikkilamchi aktivlarning asosiy funksiyasi – birlamchi (kassa) aktivlarni ta‘minlashga xizmat qilishdan iborat. Ikkilamchi aktivlarning zarur miqdori - rezervlar darajasining o‗rtacha ko‗rsatkichiga, bank tizimining ba‘zi likvidlilik ko‗rsatkichlariga, jumladan, kassa rezervlari va hukumat qimmatli qog‗ozlarining bank tizimidagi umumiy depozitlar summasiga nisbati bilan aniqlanadi. 18-jadval Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling