Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Rezident – yuridik shaxslarning
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Rezident
– yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablag‗lari, ya‘ni ular tomonidan olinadigan chet el valyutasi, shu jumladan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan olingan valyuta tushumlari ularning O‗zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklarda ochilgan 186 Bu esa bankning ma‘lum miqdorda mablag‗ining yo‗qotilganligidan dalolat beradi. Valyuta pozitsiyasining umumiy summar holati (summasi) deganda barcha valyutalar b o‗yicha uzun (qisqa) pozitsiyalar umumiy summasi tushuniladi. Agar bank operatsion kun davomida valyuta operatsiyalarini olib borishda ochiq valyuta pozitsiyasi b o‗yicha qo‗yilgan limitdan ortiq operatsiya amalga oshirgan, ya‘ni valyutani ko‗p sotib olgan bo‗lsa, u holda valyuta pozitsiyasi ortiq sotib olingan valyutani sotib yuborish y o‗li bilan balanslashtirib yopiladi. Vakolatli banklar ochiq valyuta pozitsiyasi limitiga hisoblangan foizlar, k o‗chmas mulk, qimmatli qog‗ozlar va boshqa moddiy qiymatliklarni sotish yoki sotib olish bilan bo g‗liq valyuta operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Vakolatli banklar o‗zlarining joylaridagi filiallari uchun ochiq valyuta pozitsiyasining chegarasini mustaqil belgilashlari mumkin. Lekin filiallar b o‗yicha belgilangan ochiq valyuta pozitsiyasining yi g‗indisi bank bo‗yicha uning o‗z mabla g‗larining 20% idan oshmasligi lozim. Vakolatli banklar har oyda oyning 3-kunigacha Markaziy bankka o‗zlarining ochiq pozitsiyalari va unga rioya qilinganligi to‗g‗risida hisobot berishlari lozim. 5- §. Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning xorijiy valyutadagi hisob raqamini yuritish tartibi Bank mijozlari bankda xorijiy valyuta talab qilib olinguncha depozit hisob vara g‗larini, shuningdek, xorijiy va milliy valyutalarda ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar, jam g‗arma, muddatli va boshqa turli depozit hisob varaqlarini ochishi mumkin. Bu turdagi hisob varaqlarini ochish uchun tadbirkorlik subyektlari, tadbirkorlik subyktlariga aloqador b o‗lmagan yuridik shaxslar- rezidentlar, shuningdek, budjet tashiklotlari, norezidentlar (jismoniy shaxslardan tashqari) bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim: - hisob raqam ochish haqidagi ariza; - davlat r o‗yxatidan o‗tganligi to‗g‗risidagi hujjat nusxasi; - muhr va imzolar namunasi-kartochka; - soliq organi tomonidan soliq t o‗lovchiga berilgan indentifikatsion raqami t o‗g‗risida guvohnoma nusxasi 183 kin spekulyativ va konyukturaviy omillar ta ‘siridan ozod bo‗lgan val- yuta kurslarining o‗zaro nisbati qiymat qonuniga muvofiq tarzda pul birliklarining xarid qobiliyati o‗zgarishi bilan o‗zgaradi. Valyuta kursining inflyatsiya sur‘atlariga bog‗liqligi, ayniqsa, to- var-xizmatlar va kapitallarni xalqaro ayirboshlash hajmi katta b o‗lgan mamlakatlarda kuchliroqdir. Sababi shundaki, valyuta dinamikasi va inflyatsiya sur‘ati o‗rtasidagi kuchli bog‗liqlik, valyuta kursini eksport baholarda hisob-kitob qilishda yuzaga keladi. Jahon bozori narxlari in- ternatsional qiymatning puldagi ifodasini aks ettiradi. Import narxlariga kelsak, tegishli valyuta paritetida hisob-kitob qilish unchalik qulay kelmaydi, chunki uning o‗zi valyuta kursi dinamikasiga bog‗liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlar bunday hisob-kitob uchun ulgurji baholar in- deksidan foydalangani ma‘qul bo‗ladi. Chunki bu mamlakatlarda ulgurji ichki savdo va eksport ma‘lum darajada mos keladi. Boshqa mamla- katlarda ushbu indeksga k o‗pgina eksport qilinadigan tovarlar kirmaydi. Chakana narxlar asosidagi bunday hisob-kitob not o‗g‗ri talqin qilinishi mumkin, chunki u jahon savdo obyekti b o‗lmagan bir qator xizmatlarni o‗z ichiga oladi. Oxirgi navbatda jahon bozorida real xarid qobiliyatiga mos ravishda stixiyali tarzda milliy valyuta kurslarining tenglashishi yuz bermoqda. Real valyuta kursi ikki mamlakat narxlari darajasi nisbatiga k o‗paytirilgan nominal kurs sifatida aniqlanadi. 2. To‘lov balansi holati. Aktiv to‗lov balansi milliy valyuta kursi- ning k o‗tarilishiga olib keladi, chunki unga chet el qarzdorlari tomoni- dan talab ortadi. Passiv t o‗lov balansi milliy valyuta kursining pasayish- iga moyillik yaratadi, unda qazdorlar milliy valyutani chet el valyutasiga o‗z tashqi majburiyatlarini qoplash maqsadida sotadilar. To‗lov balan- sining nobarqarorligi tegishli valyutaga talab va taklifning sakrash tar- zida o‗zgarishiga olib keladi. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kapital harakatining t o‗lov balansiga va natijada valyuta kursiga ta‘siri k o‗paydi. 3. Turli mamlakatlarda foiz stavkalarining har xilligi. Mamlakatda foiz stavkalarining o‗zgarishi xalqaro kapital harakati shartlariga ta‘sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, foiz stavkasining k o‗tarilishi chet el kapitalining oqib kelishini, uning pasayishi esa kapitalning (milliy kapitalning ham) chet elga oqib chiqib ketishini ra g‗batlantiradi. 4. Valyuta bozori faoliyati va spekulyativ valyuta operatsiyalari. Agar qandaydir bir valyuta kursi pasayishga moyil b o‗lsa, firma va banklar vaqtdan unumli foydalanib, uni qimmatroq valyutaga sotadilar. Bunda kuchsizlashgan valyuta pozitsiyasi yanada yomonlashadi. 184 Valyuta bozorlari iqtisod va siyosatdagi o‗zgarishlardan, kurs nisbatlari siljishidan tez ta‘sirlanadi. Shu bilan birga, ular valyuta spekulyatsiyasi imkoniyatlarini va stixiyali tarzdagi «qaynoq» pullar harakatini kengaytiradi. 5. Ma’lum bir valyutani yevrobozorda va xalqaro hisob- kitoblarda ishlatish darajasi. Masalan, bank operatsiyalarining 60-70% ni dollarda amalga oshirilishi shu valyutalarga b o‗lgan talab va taklif masshtablarini belgilaydi. Valyuta kursiga valyutaning xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilish darajasi ham ta‘sir ko‗rsatadi. XX-asrning 90-yillari boshida xalqaro t o‗lovlarning 55% ni, neft uchun hisob-kitoblarning 86-90% ini, tashqi qarzdorlikning 70% i dollarda amalga oshirilgan. Shu sababli, neftga narxning o‗sishi, hattoki dollarning xarid qilish qobiliyati tushgan sharoitlarda ham davlat qarzlari b o‗yicha to‗lovlarning o‗sishi dollar kursining k o‗tarilishiga imkon beradi. 6. Valyuta kursi nisbatiga xalqaro to‘lovlarning tezlashishi yoki sekinlashishi ham ta’sir qiladi. Milliy valyuta kursining pasayishiga umid bo g‗lab, importyorlar kurs ko‗tarilishi oqibatida zarar ko‗rmaslik maqsadida, kontragentlariga chet el valyutasida t o‗lovlarni tezroq amalga oshirishga harakat qiladilar. Milliy valyutani mustahkamlashda esa ular chet el valyutasidagi t o‗lovlarni sekinlashtirishga harakat qiladilar . «Lidz end legz» nomli bunday usul to‗lov balansi va valyuta kursiga ta‘sir ko‗rsatadi. 7. Milliy va jahon bozorlarida valyutaga ishonch darajasi. U mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holat bilan, shuningdek, valyuta kursiga ta‘sir qiluvchi yuqorida ko‗rsatilgan omillar bilan aniqlanadi. Shuningdek, dillerlar nafaqat hozirgi vaqtdagi iqtisodiy o‗sish sur‘atlari, inflyatsiya, valyutaning xarid qobiliyati darajasi, valyutaga b o‗lgan talab va taklif nisbatini, balki ularning dinamikasi istiqbollarini ham hisobga oladilar. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling