Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
3- §. Valyuta kursiga ta‟sir etuvchi omillar Har qanday baho kabi valyuta kursi valyutaga talab va taklif ta‘sirida asosiy qiymatidan (ya‘ni valyutaning xarid qilish qobiliyatidan) nari-beri siljiydi. Bunday talab va taklifning o‗zaro mosligi bir qator omillarga bo g‗liq. Valyuta kursining ko‗p omilliligi uning boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan, qiymat, narx, pul, foiz, t o‗lov balansi va boshqalar bilan bo g‗liqligini aks ettiradi. Bu omillar ichida quyidagilarni k o‗rsatish mumkin: 1. Inflyatsiya sur’atlari. Valyutalarning xarid qobiliyati bo‗yicha ularning o‗zaro nisbati o‗zida qiymat qonunini aks ettirib, valyuta kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valyuta kursiga inflyatsiya sur‘atlari ta‘sir ko‗rsatadi. Mamlakatda inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori b o‗lsa, milliy valyuta kursi shunchalik past bo‗ladi (agar boshqa omillar qarshi ta ‘sir ko‗rsatmasa). Inflyatsiya oqibatida pul qadrsizlanishi mamlakatda pulning xarid qobiliyatining pasayishiga va inflyatsiya su ‘ratlari nisbatan past mamlakatlarning valyutalari kursidan tushib ketishiga sabab b o‗ladi. Bunday moyillik, odatda, o‗rta va uzoq muddatli rejada kuzatiladi. Val- yuta kursining tenglashtirilishi, uni sotib olish qobiliyatining paritetiga moslashtirish o‗rtacha ikki yil davomida amalga oshiriladi. Bu shu bilan izohlanadiki, valyuta kursining kundalik kotirovkasi faqatgina uni sotib olish qobiliyatiga asosan amalga oshirilmay, unga, shuningdek, boshqa omillar ham ta ‘sir etadi. XX asrning 80-yillarida ko‗pincha valyuta kur- sining paritetidan 30% dan ortiq miqdorda siljishi yuz berib turgan. Le- 187 Mijozlarning valyuta hisob vara g‗ini ochish va yuritish bo‗yicha operatsiyalari, ayniqsa, inflyatsiyaning yuqori darajasi sharoitida juda qulaydir, chunki xorijiy valyutani saqlab undan bank foyda olish imkoniyatiga ega b o‗ladi. Mulk shaklidan qa‘ti nazar barcha tashkilot, korxona va muassasalar-rezidentlar xorijiy valyuta mabla g‗larini O‗zbekiston Respublikasi vakolatli banklaridagi valyuta hisob raqamlarda saqlashlari lozim. Vakolatli banklar yuridik va jismoniy shaxslar - rezidentlar va norezidentlarning chet el valyutasidagi talab qilib olinadigan depozit hisob varaqlarini yuritish qoidalari asosida o‗zining valyuta faoliyatini amalga oshiradilar. Valyuta hisob varaqlarining ochilishi Markaziy bankning " O‗zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisob varaqlari t o‗g‗risida"gi yo‗riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tijorat banklari tomonidan mijozlarning chet el valyutasidagi hisob raqamlarini yuritish, valyutani tartibga solishga doir qonunchilik va me‘yoriy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda olib boriladi. Bunda tijorat banki chet el valyutasida hisob-kitoblarni amalga oshirish, savdo bilan bo g‗liq bo‗lmagan pul jo‗natmalari, chet el banklari bilan vakillik munosabatlarini o‗rnatish, tovar va xizmatlarni eksport-import qilish bilan bo g‗liq xalqaro hisob-kitob operatsiyalari, ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari, O‗zbekiston Respublikasi hududiga valyuta mabla g‗larini jalb qilish va ularni joylashtirishga doir ssuda va depozit operatsiyalari, xalqaro pul bozorlaridagi kredit operatsiyalari, valyuta (depozit va konversion) operatsiyalarini o‗tkazish bo‗yicha Markaziy bank tomonidan qo‗yilgan malakaviy va texnik talablarga javob bera olishi lozim. Vakolatli banklar tomonidan t o‗lovlar valyuta hisob varag‗ida mavjud mabla g‗lar, valyutali plastik to‗lov va kredit kartochkalaridan foydalangan holda belgilangan overdraft limitlari doirasida amalga oshirilishi mumkin. Banklar va bank xodimlari o‗zlarining mijozlari va korrespondentlari operatsiyalari, hisob varaqlari va omonatlari t o‗g‗risidagi ma‘lumotlarning sir saqlanishini kafolatlaydilar. Vakolatli banklar amalga oshirayotgan operatsiyalari b o‗yicha vositachilik haqi foiz stavkalari va ta ‘riflarini belgilaydilar va vositachilik haqini chet el valyutasida olish huquqiga egadirlar. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling