Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

birinchi bosqichi,
milliy valyutani muomalaga kiritish uchun iqtisodiy 
asos yaratish va ikki po
g‗onali bank tizimining poydevorini qurish 
jarayonlari bilan bo
g‗liq 1991-yildan 1994-yilgacha bo‗lgan davrni o‗z 
ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yarat-
ish b
o‗yicha olib borilgan tadbirlar 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan 
O‗zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risidagi» 
qonuni asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga 
o‗tish davri vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari 
shakllanishining huquqiy asoslarini belgilab berdi. 
Ushbu qonunga muvofiq, sobiq SSSR Davlat bankining respublika 
muassasasi asosida 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va 
unga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizi-
mini vujudga keltirish va t
o‗lov tizimini shakllantirish vazifalari yukla-
tildi. Iqtisodiyotning turli sohalarini kreditlash va ularni investitsiyalash 


20
funksiyalari yangidan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan tijorat banklari-
ga berildi. 
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning ikkinchi bosqichi milliy 
valyuta (s
o‗m) muomalaga kiritilgan va ikki pog‗onali bank tizimining 
huquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996-yillarni 
o‗z ichiga oladi. 1994-
yilda milliy valyuta 
– so‗mning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda 
mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining poydevoriy bosqichi 
hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada 
aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy 
e‘tiborini makroiqti-
sodiy barqarorlikni 
ta‘minlashga va shu asosda iqtisodiy o‗sish uchun 
qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay 
yangi t
o‗lov tizimini yaratish bo‗yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar 
Mahkamasining 
«Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosa-
batlarini barqarorlashtirish b
o‗yicha chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 1994-
yil 18-martdagi qarori muhim ahamiyatga ega b
o‗lib, unda banklarning 
axborot infratuzilmasini yaratish va xalqaro bank amaliyotining il
g‗or 
usullarini respublika bank amaliyotiga q
o‗llash orqali bank tizimini 
takomillashtira borish b
o‗yicha yo‗l-yo‗riqlar belgilab berildi. 1994-
yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va ularni 
banklarga tatbiq qilish jarayoni boshlandi. 
1996-yilda Respublika Prezidentining 
«Bank auditi tizimini 
rivojlantirish b
o‗yicha chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi farmoniga asosan 
bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish 
jarayoni yanada takomillashtirildi va jahonning nufuzli auditorlik kom-
paniyalaridan 
«Artur Andersen», «Deloyt end tush», «Key Pi Em Ji-
(KRMG
)», «Ernest end Yang», «Kupers end Laybrand» kabi kompani-
yalar yetakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. 
Mazkur davrda bank tizimini rivojlantirishning yana bir ahamiyatli 
tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash va 
zamon talablariga moslashtirish maqsadida 
«O‗zbekiston Respublikasi-
ning Markaziy banki t
o‗g‗risida»gi va «Banklar va bank faoliyati 
t
o‗g‗risida»gi qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi.
1995-yil 21-dekabrda bank faoliyatining huquqiy va 
me‘yoriy tar-
tibga solish qoidalarini belgilovchi 
«O‗zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki t
o‗g‗risida» va 1996-yil 25-aprelda «Banklar va bank 
faoliyati t
o‗g‗risida»gi qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini jahon 
andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy poydevor 
yaratdi. 
29
Oliy Majlis 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisini tayinlaydi va 
lavozimidan ozod qiladi. 
Qonunda 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar 
berish bilan bir qatorda, uning uchun taqiqlangan faoliyat turlari ham 
aniq belgilab berilgan. Masalan, 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankiga tijorat faoliyati bilan shu
g‗ullanish, muassasa yoki tashki-
lotlarga moliyaviy yordam k
o‗rsatish taqiqlanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar 
faoliyatida bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok qilishga ruxsat 
etilmaydi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‗z vakolatlaridan 
foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar k
o‗rishi lozim. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling