Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
xos xususiyati
mavjud: - birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‗lgan qarz majburiyatlarini (depozit, omonat sertifikatlari v.b.) chiqaradilar va bu y o‗l bilan yig‗ilgan mablag‗larni boshqa subyektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qo g‗ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq 42 - yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mabla g‗lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investit- siyalash uchun foydalanish; - to‗lovlarni amalga oshirish bilan shug‗ullanuvchi yuridik shaxsdir. Demak, bank barcha riskni o‗z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mabla g‗larini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu mabla g‗larni muddatida qaytarib berish, muddatlilik, to‗lov va ta‘minlash shartlari asosida o‗z nomidan ularni joylashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‗rtasidagi hisob-kitob va vositachilik ope- ratsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi. 6-rasm. Pul mabla g„lari harakati Ba‘zi adabiyotlarda «bank – bu korxona», deb ham izoh beriladi. Ma‘lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish ja- rayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o‗xshatish mumkinki, tijorat banklari ham kor- xonalar singari o‗z faoliyatining o‗z daromadini ko‗paytirishga qaratadi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda banklar shu asosida, bi- rinchidan, o‗z ta‘sischilari – aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchi- dan, o‗z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta‘minlaydi. Shuningdek, tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshi- radi va shu asosda bank o‗z aksiyadorlariga, paychilariga foyda olishni ta‘minlaydi. Tijorat banklari bank tizimining muhim b o‗g‗ini bo‗lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yi g‗iladi va bu banklar yuridik Jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar, jalb qilingan mablag‘lar Bank tashkilotlari Bank Jismoniy shaxslar va korxonalar 39 - majburiy rezerv talablarini o‗z vaqtida va to‗liq hajmda bajarishi; - bank ustav kapitali miqdori qonun hujjatlarida belgilangan me‘yor talablaridan kam bo‗lmasligi; - bank majburiyatlarining bank aktivlari bilan to‗liq qop- langanligi; - xavfli va nosog‗lom bank faoliyati amalga oshirilmayotganligi; - omonatchilar tomonidan bankka ishonib topshirilgan mablag‗lar butligiga real xavf mavjud bo‗lmasligi; - oxirgi uch oy mobaynida Markaziy bank tomonidan ajratilgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlardan muddati o‗tgan qarzdorligi (qaytarish muddatini kechiktirish holatlari) mavjud bo‗lmasligi zarur. Qarz oluvchi bankka ta‘minotsiz kredit ajratish masalasi Markaziy bankning Kredit qo‗mitasi tomonidan ko‗rib chiqiladi. Kredit qo‗mitasi qarz oluvchi bankka ta‘minotsiz kredit berish yoki bermaslik to‗g‗risida bir bank ish kuni davomida qaror qabul qiladi. Markaziy bankning Kredit qo‗mitasi ta‘minotsiz kredit ajratishni rad etish t o‗g‗risida qaror qabul qilganda, bu haqda qarz oluvchi bankni bir bank ish kuni ichida xabardor qiladi. Kredit qo‗mitasi tomonidan ta‘minotsiz kredit ajratish to‗g‗risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Kredit qo‗mitasi qarorida kredit shartnomasini tuzish hamda ta‘minotsiz kredit ajratish sanasi, kredit summasi va foiz stavkasi belgilanadi. Ta‘minotsiz kredit kredit shartnoma asosida berilib, unda Markaziy bank tomonidan qarz oluvchi bankka kelishilgan miqdorda va shartlar asosida ta‘minotsiz kredit berish, qarz oluvchi bank esa olingan ta‘minotsiz kreditni qaytarish va uning uchun foizlar to‗lash majburiyatlarini o‗z zimmasiga oladi. Markaziy bank tomonidan banklarga ta‘minotsiz kreditlar O‗zbekiston Respublikasining milliy valyutasida muddatlilik, qaytarishlik, to‗lovlilik va maqsadlilik shartlari asosida 3 oy muddatgacha qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi. Ta‘minotsiz kredit bo‗yicha foiz stavka Markaziy bank boshqaruvi tomonidan kreditlarning muddatidan kelib chiqqan holda o‗rnatiladi. Ta‘minotsiz kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni hisoblash kredit shartnomasida ko‗rsatilgan miqdor va tartibda, kredit ajratilgan kundan boshlab, u to‗liq qaytarilgan kundan oldingi kungacha bo‗lgan 40 muddatga amalga oshiriladi. Ta‘minotsiz kredit mablag‗lari va unga hisoblangan foizlar qarzdor bank tomonidan kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilishi lozim. Bunda qarzdor bank ta‘minotsiz kreditni muddatidan oldin to‗liq yoki qisman qaytarishi mumkin. Bu holda tijorat banki tomonidan ta‘minotsiz kreditlar bo‗yicha foizlar faqat kreditdan foydalanilgan davr uchun hisoblanadi va to‗lanadi. Qarz oluvchi bankka ajratiladigan ta‘minotsiz kreditlarning maksimal miqdori qarz oluvchi bankning milliy valyutadagi hisob varaqlar bo‗yicha majburiyatlarining qoldiqlari jami summasining 30 foizidan oshmasligi (bundan vasiylik o‗rnatilgan qarzdor banklar mustasno) lozim. Kredit shartnomasida ko‗rsatib o‗tilgan sanada ta‘minotsiz kredit mablag‗lari qarz oluvchi bankning Markaziy bankdagi vakillik hisob varag‗iga o‗tkazib beriladi. Qarzdor bank (Markaziy bank oldida ta‘minotsiz kreditlar bo‗yicha majburiyatga ega bo‗lgan bank) ta‘minotsiz kreditdan foydalanish davrida quyida keltirilgan shartlarni bir vaqtning o‗zida bajargan taqdirda unga kredit (faktoring, lizing) ajratish bilan bog‗liq operatsiyalarni amalga oshirishga quyidagi holatlarda yo‗l qo‗yiladi: a) kredit qo‗yilmalari qoldig‗ini kredit shartnomasi imzolangan kun holatidagiga nisbatan oshirmaslik; b) ta‘minotsiz kreditdan foydalanish davrida lahzali likvidlilik koeffitsiyentini ketma-ket uch marta Markaziy bank tomonidan bel- gilangan minimal talabdan kamayib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik; v) qarzdor bankning moliyaviy ahvolini, shu jumladan, likvidlilik holatini yaxshilash bo‗yicha chora-tadbirlar rejasini ijro etishda ijobiy tomonga sezilarli o‗zgarishning yuzaga kelishi. Qarzdor bankning ta‘minotsiz kreditdan foydalanish davrida yuqorida keltirilgan operatsiyalardan tashqari barcha aktiv operatsiyalar to‗xtatiladi. Markaziy bank mijozlarning to‗lov hujjatlarining uzluksiz ijrosini ta‘minlamagan va ta‘minotsiz kreditni qaytarishga doir o‗z majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan qarzdor bankka nisbatan vasiylik o‗rnatishga haqli. Tijorat banklari va hukumat O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy mijozlaridir. Boshqacha aytganda, Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling