Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
“hamma narsa mijoz uchun” degan tamoyilga asoslangan
52 b o‗lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to‗laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta‘minlaydi. Mijozlar tomonidan qaraganda, bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‗zaro qiziqishlari- ga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta‘minlashni birinchi o‗ringa qo‗yishi lozim. Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili banklar k o‗rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diver- sifikatsiyasi b o‗lib, banklar faoliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga y o‗naltirilgan bo‗lishi lozim. Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat‘i nazar ularning faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. Oldingi paragrafda ta‘kidlanganidek, banklar aksiyador jamiyat ka- bi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksiyador banklar b o‗lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish y o‗li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyadorlarini sotib olishi va aksiyadorlar b o‗lishi mumkin. Ba‘zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jis- moniy shaxslar b o‗lishi mumkin. Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‗lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va maxsus banklarga b o‗linadi. Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega b o‗ladi. Maxsus banklar ma‘lum y o‗nalishlarga xizmat ko‗rsatib, o‗z faoliyatini shu yo‗nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga ba g‗ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat k o‗rsatuvchi banklar, eksport-import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin banklarini ki- ritish mumkin. Joylashish belgisiga qarab tijorat banklari: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga b o‗linishi mumkin. Tarmoqlarga xizmat k o‗rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq x o‗jalik, savdo va boshqa banklarga bo‗linishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyot- ga ta‘siri o‗sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tash- kilotlar, kompaniyalarning b o‗sh pul mablag‗larini yig‗ish va joy- 61 muhim vositasi sifatida mikromoliyalash sohasi rivojlanishini ra g‗batlantirish; - tijorat banklarida hisob-kitob va hisobotlarning yangicha yondashuvlarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalari va uslublarini joriy qilish, moliya-bank axboroti saviyasi hamda sifatini oshirish, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng k o‗lamda foydalanishni ta‘minlash; - respublika tijorat banklari va moliya institutlarini dunyoda qabul qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash k o‗rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish; - bank nazorati bo‗yicha Bazel qo‗mitasining yangi tavsiyalarini, shuningdek, nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirish b o‗yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich tatbiq etib borish, ya‘ni tijorat banklarining kapitali yetarliligiga nisbatan talablarni oshirish, tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatlari ta‘siriga barqarorligini ta‘minlaydigan barqarorlashtirish zaxiralarini yaratish, nobank kredit tashkilotlari uchun q o‗shimcha majburiy iqtisodiy normativlarni kiritish borasidagi ishlarni bosqichma- bosqich takomillashtirib borish vazifalari belgilab olingan. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling