Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar
Quyidagi tayanch s
o„zlarga ta‟rif bering Bank Bankning funksiyalari Ssuda Kredit munosabatlari B o‗sh pul mablag‗lar Jalb qilingan mabla g‗lar Mabla g‗larning kapitalga aylanishi Bank ishtiroki Kredit berish Kredit olish Xorijiy banklar Universal banklar T o‗lovlarda vositachilik Bank muassislari Lombardlar Markaziy bank Tijorat banki Maxsus kredit institutlari Investitsion banklar Mikrokredit tashkilotlar Nobank tashkilotlar Investitsion fondlar Aksionerlik banki Bank paychilari Bank tizimi O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar - Bankning mohiyatini tushuntiring? - Banklar qanday funksiyalarni bajaradi? - Markaziy bankning asosiy bosh maqsadi nima? - Tijorat banklarining vazifalari va funksiyalarini tushuntirib be- ring? - Markaziy bank qaysi funksiyalarni bajaradi? - Mikrokredit tashkilotlarining mohiyati va zarurligi, funksiyalari? - O‗zbekiston Respublikasi bank tizimi to‗g‗risida nimalarni bi- lasiz? 69 Investitsiya faoliyati banklar ixtisoslashuvining muhim yo‗nalishidir. Investitsiya banklari uzoq muddatli ssuda kapitalini safarbar etib, obligatsiyalar yoki qarzga olingan majburiyatlarning boshqa turlarini chiqarish va joylashtirish yo‗li bilan mazkur kapitalni ishlab turgan subyektlar davlatga qarzga beradilar. Investitsiya banklarining klassik tipi AQShga mosdir. Bu mamlakatning qonunchiligi tijorat banklariga investit siya faoliyati bilan shug‗ullanishni taqiqlab qo‗ygan (davlat va munitsipial obligatsiyalar bilan bo‗ladigan operatsiyalar bundan mustasno). Hozirgi vaqtda AQShda qariyb 700 ta investitsiya banki ishlab turibdi. Moliyaviy kompaniyalar ham moliya-kredit muassasalarining bir turidir. Bu muassasalar ayrim tarmoqlarni kreditlash yoki kreditlarning ayrim turlarini berishga ixtisoslashgan. Bularga iste‘mol, investitsiya kreditlari va boshqalarni kiritish mumkin. Bular AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyada keng tarqalgan. Moliyaviy kompaniyalarni 3 turga bo‗lish mumkin: iste‘mol kreditini beruvchilar; tijorat krediti tizimiga xizmat qiluvchilar; yakka qarz oluvchilarga mayda ssuda beruvchilar. Iste‘mol krediti beruvchi moliyaviy kompaniyalar kreditni bevosita ist e‘molchilarga bermasdan, balki ularning majburiyatlarini chakana savdogarlar va dillerlardan, odatda 7-10 %li chegirma bilan sotib oladilar. Moliyaviy kompaniyalar undirayotgan stavkalar oddiy bank ssudalari stavkalariga nisbatan yuqoridir. Tovarlarni kreditga sotishga ixtisoslashgan moliyaviy kompaniya- larning yuridik maqomi ularga aholidan depozitlarni qabul qilib olishga imkoniyat beradi. Lekin xuddi ana shu maqom ularni «bank kompaniyalari» deb atalish huquqidan mahrum etgan. Bu esa ularni banklar iht iyoridagi xuddi o‗sha shartlar asosida mablag‗larni jalb etish imkoniyatidan mahrum qiladi va bular banklar bilan raqobatga kirishishga majbur bo‗lib, kreditorlarga yana ham yuqoriroq foiz stavkalarini taklif etadilar. Moliyaviy kompaniyalar resurslarining asosiy manbai 3 va 6 oylik muddatli depozitlardir. Ular sanoat va savdo firmalari, ayrim moliya 70 muassasalari va ozroq aholi pul mablag‗larini yig‗adilar va bankdagiga qaraganda yanada yuqoriroq foiz to‗laydilar. Qurilish jamiyatlari deb atalmish kredit, qurilish kooperativlari alohida mavqeni egallaydi. Bular kapitalini o‗z a‘zolarining jamg‗arma omonatlari evaziga shakllantiradilar va shu a‘zolarga ipoteka krediti beradilar. Bu muassasalar kredit shirkatlari bilan birgalikda ishlaydilar va shaxsiy uylar qurilishini moliyalashtiradilar. Kredit muassasalarining boshqa ko‗pgina turlari (pensiya fondlari, ishonchli pay fondlari, ixtisoslashgan moliya muassasalari va shu kabilar) banklarning ayrim operatsiyalarini ado etadilar. Lekin ular o‗zlarini bank deb atashlariga huquqlari yo‗q hamda banklar bilan ham o‗zaro raqobat maydoniga tushishga majburdirlar. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling