Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bankni davlat r o„yxatidan o„tkazish bosqichi
1. Tayyorgarlik bosqichi
Bu davrda bank muassislari o‗rtasida bank tashkil etishga kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga q o‗shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta‘sis hujjatlari majmuyi tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta‘sischilar o‗rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uning asosida ta‘sis shartnomasi tuziladi. Aksiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat r o‗yxatiga olinganiga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar b o‗ladilar (FKning 43-moddasi, O‗zbekiston Respublikasi «Xo‗jalik jamiyatlari va shirkatlari haqida »gi qonunning 3-moddasi). ―Banklar va bank faoliyati to‗risida‖gi qonunga asosan banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari b o‗lishi mumkin. Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng k o‗p ulushi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u r o‗yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar. 2. Bankni davlat r o„yxatidan o„tkazish bosqichi Bu bosqichda bank ochish haqidagi ariza bilan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: - yangi tashkil etilayotgan bankni ta‘sis etish bo‗yicha hujjat; - muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta‘sis shartnomasi. Ta‘sis etuvchilar jismoniy shaxs b o‗lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi; - aksiyadorlar yig‗ilishida tasdiqlangan va muassislar tomonidan imzolangan bank ustavi (uch nusxada); - bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‗z ichiga olgan bank kengashi raisi tomoni- dan tasdiqlangan ta‘sis yig‗ilishining bayonnomasi. Qayd etib o‗tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti tomondan k o‗rib chiqiladi va mazkur departament hujjatlarni ma‘qullaganidan keyingina ular imzola- nadi va tasdiqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling