Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


ochiq bozor operatsiyalari, hisob stavkasi (discount rate), a‟zo


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

ochiq bozor operatsiyalari, hisob stavkasi (discount rate), a‟zo 
banklar uchun zarur zaxiralar miqdorini belgilash
. Ochiq bozor 
operatsiyalarini olib borish uchun biz yuqorida ta‘kidlaganimizdek, 
FOMC tashkil etilgan. Hisob stavkasi (discount rate) va a‘zo banklar 
uchun zarur zaxiralar miqdorini belgilash Boshqaruvchilar Kengashining 
vakolatlari hisoblanadi. 
Ochiq bozor operatsiyalari asosan ochiq bozorda davlat qimmatli 
qog‗ozlarini sotish va sotib olishdan iborat. Bu borada FZT bozorning 
boshqa ishtirokchilari kabi faoliyat olib boradi, unga hech qanday 
imtiyozlar berilmaydi. FOMC yilda ikki marta Kongressning banklar 
bo‗yicha qo‗mitasi oldida hisob beradi. Qo‗mita a‘zolari yilda sakkiz 
marta u
chrashuv o‗tkazishadi va unda mamlakatdagi moliyaviy-iqtisodiy 
holat(ahvol), monitar siyosatning maqsadi va asosiy strategiyasi 
aniqlanadi, mamlakatda baholar barqarorligi va uning iqtisodiy o‗sishi 
bilan bog‗liq holat va masalalar tahlil etiladi.


66
Hisob stavkasi (discount rate)-
hisob foiz stavkasi bo‗lib, FZT 
tomonidan boshqa moliya institutlari, tijorat banklariga beradigan 
kreditlari bo‗yicha o‗rnatiladigan foiz stavkasi hisoblanadi. Veksellarni 
hisobga olish va qayta hisobga olish ham ushbu foizlar asosida amalga 
oshiriladi. Hisob stavkasi (discount rate)- Federal zaxira tizimi 
tomonidan nazorat qilinadi. U foiz stavkalarining umumiy darajasi 
to‗g‗risida ma‘lumot beradi va boshqa foiz stavkalari uchun mo‗ljal 
bo‗lib xizmat qiladi. 
Praym-reyt
Prime Rate foiz stavkasi tijorat banklari tomonidan 
yirik mijozlar, koorporatsiyalarga kredit berish bo‗yicha foiz stavkasi. 
Praym-reytning 
miqdori FZT ning banklararo overnayt kreditlari 
bo‗yicha hisob stavkasiga asoslanadi va u, odatda, hamisha hisob 
stavkasid
an ortiq bo‗ladi. Hisob stavkasining oshishi praym-reyt 
stavkasining ham oshishiga olib keladi, lekin ba‘zi hollarda hisob 
stavkasi pasayganda banklar praym-reyt stavkani pasaytirmasligi 
mumkin. 
Bu vaqtda banklar qo‗shimcha spred olib, o‗zlarini qo‗shimcha 
foyda bilan ta‘minlashlari mumkin.  
Pul bozorining instrumentlari (money market instruments) 
ichida 
federal fondlar ko‗proq ahamiyatga egadir (qayta sotish uchun sotib 
oladigan kelishuvlar va yevrodollar shular jumlasidandir). Federal 
fondlar (federal funds yoki Fed funds) - 
federal rezerv banklarda 
ularning muntazam rezerv qoldig‗i mavjud bo‗ladi. Federal fondlarning 
qoldiq resurslari tijorat banklari va yirik korporatsiyalar tomonidan, 
odatda, tungi vaqtda bir birlariga kredit berish uchun keng ishlatiladi. 
FRT ularning darajasini belgilasada, ularning bahosi bozorga qarab 
o‗zgarib turadi. Federal fondlarning mablag‗lari doimiy operativ 
moliyaviy xizmat tarkibini 
ta‘minlab turishi mumkin. Odatga ko‗ra, 
treyderlar ular to‗g‗risida Reuters yoki Telerate tizimi bo‗yicha bilib 
turadi. SHuning uchun federal fondlar bo‗yicha stavkalar gohida valyuta 
bozori uchun savdo signali bo‗lib hisobladi.
Qayta sotish uchun sotib olish kelishuvi (repo 
– repurchase 
agreements (repos) 
FRT tomonidan har kuni amalga oshiriladigan 
kelishuvlardir. Qayta sotish uchun sotib olish kelishuvlari FRT va 
hukumat dilleri o‗rtasida qimmatli qog‗oz bilan amalga oshiriladi, bunda 
79

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling