Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


II BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TASHKIL


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

II BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TASHKIL 
QILISHNING HUQUQIY VA IQTISODIY ASOSLARI 
 
1-
§. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari 
 
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, 
kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor 
b
o‗lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon 
hisoblanadi. Shu vaqt ichida b
o‗lg‗usi ta‘sischilar o‗rtasida o‗zaro 
munosabatlar 
o‗rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‗lgan 
mabla
g‗lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, 
tegishli tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. 
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari 
―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi 
qonunida ifodalangan. Shu qonunning 2-bobi 
―Banklar tashkil etish va 
ularning faoliyatini tugatish tartibi
deb nomlanib, u o‗z ichiga 13 
modda (7
–19 moddalar)ni oladi . 
Tijorat banklari respublika hududida 
o‗z faoliyatlarini Markaziy 
bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Banklarga litsenziya berish 
O‗zbekiston Respublikasining ―Banklar 
va bank faoliyati t
o‗g‗risida‖, ―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki t
o‗g‗risida‖, ―Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini 
himoya qilish t
o‗g‗risida‖gi qonunlar va boshqa qator qonunlar hamda 
banklar faoliyatiga oid 
me‘yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida 
amalga oshiriladi.
Tijorat banklari faoliyatiga ruxsat berish 1999-yil 11-fevralda qabul 
qilingan va 2015-yil 14-yanvarda oxirgi 
o‗zgarishlar kiritilgan 
―Banklarni ro‗yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi 
t
o‗g‗risida‖gi nizom asosida olib boriladi.
Ushbu nizomda 
O‗zbekiston Respublikasi hududida banklarni 
r
o‗yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi hamda shartlari 
belgilab q
o‗yilgan bo‗lib, qonunchilikka muvofiq tijorat banklari ochiq 
yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi 
mumkin. 
Bankni tashkil etish jarayoni quyidagi bir necha bosqichlarga 
b
o‗linadi: 
 
67
FRT qimmatli qog‗ozlarni (zudlik bilan yetkazib berish sharti bilan) va 
shu qimmatli qog‗ozni, shu summaga kelishilgan bahoda va muddatda
(odatda, 
15 kundan kech qolmay hamda ma‘lum foiz stavkasi ostida) 
qayta sotish sharti bilan sotib oladi. Bu kelishuv bank tizimi rezervini 
vaqtinchalik ko‗paytirishga olib keladi. Valyuta bozoriga buning ta‘siri 
hammadan avval dollarning zaiflashishda yoki kursning pasayishida 
namayon bo‗lada. Qayta sotish uchun sotib olish kelishuvi mijoz reposi 
va tizim reposida bo‗lishi mumkin. 
Qayta sotib olish uchun sotish kelishuvi (teskari repo 
– marched 
sale-purchase agreements) 
– qayta sotish uchun sotib olishga to‗g‗ridan-
to‗g‗ri teskari keladigan kelishuv hisoblanib qayta sotib olish uchun 
sotiladi. FRT kelishuvni bajarayotganda, u qimmatli qog‗ozni dillerga 
yoki xorijiy markaziy bankka zudlik bilan yetkazib berish, shunda mana 
shu qim
matli qog‗ozni kelishilgan baho bo‗yicha, kelgusida belgilangan 
kunda (7 kundan kech qolmay) sotib olish sharti bilan kelishuvni amalga 
oshiradi. Bu shartnoma vaqtinchalik rezervning bo‗shab qolishiga olib 
keladi. Bu operatsiya valyuta bozorida dollarning barqarorlashuvida 
namoyon bo‗ladi, ya‘ni dollar qimmatlashadi. Bu turdagi operatsiyalar, 
odatda, 
savdo kuni boshlanishida sodir bo‗ladi. 
Ochiq bozordagi bu operatsiyalarni FOMC ko‗rsatmasiga asosan, 
Nyu-York federal rezerv banki amalga oshiradi. 
Yevrodollarlar 
Qo‗shma Shtatlardan tashqarida joylashgan tijorat 
banklarida dollarlarni depozitlarga o‗tkazish hisoblanadi. Davlatdan 
tashqaridagi barcha valyutadagi depozitlari kelib chiqishi bilan 
yevrovalyutalar deb ataladi. Yevrodollarlar yevrovalyuta bozorida eng 
ko‗p ulushni tashkil etadi. 
Ye
vrovalyuta stavkalarini forvard bilan shug‗ullanuvchi treyderlar 
forvard spredini hisoblash uchun ishlatadilar.Forvard spredi quyidagi 
formula bilan topiladi: 
Kunlar soni 
Forvard spredi = [ spot x (yevrovalyuta 
– yevrodollar)] x ____________ 
stavkasi 360 


68
Agar olingan natija ijobiy b
o‗lsa, forvard spredi mukofotni bildiradi 
va u spot stavkasiga qo‗shiladi. Agar teskarisi bo‗lsa, olingan natija 
salbiy chiqsa, unda forvard spredi diskontni anglatadi va spot 
stavkasidan ayirib tashlanadi. 
Banklar
ning banki bo‗lgan FZT a‘zo bo‗lgan banklarga har 
tomonlama xizmat ko‗rsatadi. FZ banklari a‘zo bo‗lgan banklar 
depozitlarini saqlaydilar
. Ana shu depozitlar a‘zo bo‗lgan banklar barcha 
rezervlarining qonun bilan belgilab qo‗yilgan miqdorining asosiy qismi 
hisoblanadi. 
AQShda FZ
T a‘zo bo‗lgan tijorat banklari Federal hukumat 
tomonidan litsenziyalanadi, nazorat qilinadi. Boshqa bir qismi - FZTga 
a‘zo bo‗lmagan xususiy banklar esa shtatlarning hokimiyati tomonidan 
nazorat qilinadi. 
Faoliyatini tartibga solib turish nuqtai nazaridan Amerikaning 
ba
rcha guruhlarini 4 ga bo‗lish mumkin: 
 milliy banklar; 
 FZT ga a‘zo bo‗lgan shtatlarda joylashgan banklar; 
 FZT ga a‘zo bo‗lmagan, depozitlarni sug‗urtalash Federal 
korporatsiyasi (DSFK) tarkibiga kiradigan banklar; 
 FZT ga a‘zo bo‗lmagan, omonatlari DSFK da sug‗urtalanmagan 
banklar. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling