Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

 
3-
§. Tijorat bankining o„z mablag„lari 
 
Bankning 
o‗z mablag‗lari uning faoliyatining asosini tashkil qiladi, 
chunki ular jalb qilayotgan depozitlar, 
ya‘ni real kredit resurslari hajmini 
pirovard natijada aktiv operatsiyalar hajmini belgilab beradi. Bankning 
o‗z mablag‗lari tijorat banklarining faoliyatini boshqaruvchi va ular 
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi Markaziy bank uchun muhim 
ma‘lumot manbayi hisoblanadi. 
Bankning 
o„z mablag„lariga ustav fond (kapital), zaxira fondi va 
bank foydasi hisobiga tashkil topadigan bank fondlari hamda yil 
davomida taqsimlanmagan foyda kiradi. Amaliyotda bank passivlarining 
20 foizi banklarning 
o‗z mablag‗lariga to‗g‗ri keladi. Bankning o‗z 
mabla
g‗lari ichida asosiy o‗rinni ustav kapitali egallaydi. 
Bankning ustav kapitali
– bank ishini tashkil qilishning asosiy 
tayanch nuqtasi hisoblanadi. 


106
Biz tijorat banki bo
‗limining ko‗rsatkichlarini ifodalovchi quyidagi 
jadval ma
‘lumotlaridan bankning resurs bazasini tashkil qiluvchi ele-
mentlar va ularning tarkibini aniqroq ko
‗rishimiz mumkin. 
Jadval ma
‘lumotlari shuni ko‗rsatdiki, tijorat banki resurs bazasi-
ning 33.1 foiz bankning o
‗z mablag‗lari, ya‘ni bank kapital va taqsim-
lanmagan foydasidan iborat. Bank ixtiyorida b
o‗lgan resurslarning 25.1 
foiz jalb qilingan depozitlarga t
o‗g‗ri keladi. Shunday qilib, bank ix-
tiyorida b
o‗lgan, o‗zi yiqqan resurslar jami – 58.2 5 ni tashkil qiladi. 
Bank tomonidan sotib olingan resurslar esa 41.8 foizni tashkil qiladi. 
Undan 27.4 foiz Markaziy bankdan olingan kredit resurlarini, 8.5 foiz 
Moliya vazirligidan olingan resurslarni, 5.9 foiz hukumat hisobvara
g‗ida 
b
o‗lgan resurslarni tashkil qiladi. 
Bank tomonidan tashkil qilingan resurs baza turli xil kreditlar berish 
va investitsiyalarni moliyalashtirish va boshqa aktiv operatsiyalarni 
amalga oshirish uchun y
o‗naltirilishi mumkin. Tijorat banklari kredit po-
tentsiali uning passiv operatsiyalari k
o‗lamiga bog‗liq. Tijorat banklari 
faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri bu real mavjud resurslar 
doirasida ish yuritishdir. Bu degani tijorat banklari nafaqat 
o‗z resurslari 
va kredit q
o‗yilmalari miqdori mos kelishini ta‘minlashi, balki o‗zining 
likvidligini ham 
ta‘minlashi kerak. Agar bank mablag‗larini qisqa 
muddatga jalb etib uzoq muddatga kredit beradigan b
o‗lsa, u holda bank 
likvidligi xavf ostida qoladi. Bank aktivlari tarkibida k
o‗p miqdorda risk 
darajasi yuqori ssudalarning mavjudligi bank o
‗z mablag‗larining 
salmo
g‗ini oshirishini talab etadi. Real jalb qilingan resurslar doirasida 
ishlash tamoyili 
– jalb qilingan depozitlarga bank qiziqishining 
o‗sishiga, kredit resurslari uchun sof raqobat rivojlanishiga olib keladi. 
Passivlar uchun keskin kurash banklarning 
o‗z resurslarini 
shakllantirishning samarali usullarini izlashni talab qiladi. Iqtisodiy mus-
taqillik bankning 
o‗z mablag‗lari va jalb qilingan mablag‗larini mustaqil 
boshqarishni, mijoz va omonatchilarni erkin tanlashni, soliqlar 
t
o‗lagandan keyin qolgan daromadga mustaqil egalik qilishni nazarda tu-
tadi. 
Tijorat banklarining resurs bazasi uning kredit potensiali dakrajasini 
belgilaydi. Bankning kredit potensiali - jalb qilingan mabla
g‗larning 
kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning 
iqtisodiy 
chegarasi 
hisoblanadi. 
Iqtisodiyotdagi 
b
o‗sh pul 
mabla
g‗larining tijorat banklari tomonidan jalb qilinishi ular iqtisodiy 
faoliyatining asosini tashkil etadi. Banklar tomonidan jalb qilingan 
mabla
g‗larning barchasi kredit uchun ishlatilmasligi mumkin. Ko‗p 
103
Yuqorida 
ta‘kidlanganidek, bank resurslarini ikki katta guruhga 
b
o‗lish mumkin. Bular – banklarning o‗z mablag‗lari va jalb qilingan 
mabla
g‗lar. Jalb qilingan resurslarni ba‘zi hollarda ikkiga bo‗lib qaraladi 
jalb qilingan depozitlar, boshqa majburiyatlar va sotib olingan 
resurlardir. Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga 
oshirishda ishlatiladi, 
ya‘ni bank resurslari daromad olish maqsadida 
turli xil sohalarga joylashtiriladi. Bankning passiv va aktiv operatsiyalari 
o‗zaro chambarchas bog‗liq bo‗lganligi sababli passivlarning tarkibi va 
xarakteri k
o‗p jihatdan banklarning aktiv operatsiyalarini amalga 
oshirishda 
o‗z ifodasini topadi. Shu bilan birga, resurslar xarakteriga 
banklar kreditlash siyosatining 
o‗zgarishi ham ta‘sir qiladi. 
Bank resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mabla
g‗lari 
tashkil qiladi. Boshqa resurslarni jalb qilish uchun bank 
o‗z kapitalining 
yetarli darajasi miqdoriga ega b
o‗lishi va uni me‘yor darajasida 
ta‘minlashi lozim. 
Tijorat banki 
o‗z mijozlarining bo‗sh turgan mablag‗larini qarzga 
olish bilan bir vaqtning 
o‗zida, bu mablag‗larni o‗z vaqtida qaytarilishini 
ta‘minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror likvid-
likka ega b
o‗lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat 
banki faoliyatining zarur shartlaridan b
o‗lib, ular aholining bo‗sh turgan 
pul mabla
g‗larining banklar sari oqimini ta‘minlaydi. Undan tashqari 
bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali b
o‗lgan holatda mi-
jozlar 
o‗z mablag‗larini qaytarib olishga ishonch hosil qilishlariga zamin 
yaratadi. 
Bank resurslarining aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin. 
9-rasm. Bank resurslarining aylanish sxemasi 
Bank resurslarining shakllanishi va aylanishi uzluksiz jarayonni 
tashkil qiladi va bu esa
o‗z navbatida, banklar faoliyatining 
doimiyligiga asos hisoblanadi. 
Alohida tijorat banklari uchun bank resurslari tarkibiy tuzilishi turli 
xillik bilan farqlanadi. Bu uning 
o‗ziga xos xususiyatlari bilan 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling