Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
§. Bank riski tushunchasi va uning turlari………………………………... 592
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
§. Bank riski tushunchasi va uning turlari………………………………... 592 2- §. Kredit risklari va ularni hisoblash usullari.............................................. 605 3- §. Tijorat banklari faoliyatida risklarni boshqarish.…………………........ 616 Ilovalar ……………………………………………………………………… 624 Glossariy……………………………………………………………………. 634 Foydalanilgan adabiyotlar r o‗yxati……………………………………......... 722 8 KIRISH Bozor munosabatlarining muhim b o‗g‗inlaridan biri bo‗lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega b o‗lgan jamiyat so g‗lom rivojlanishi mumkin. O‗zbekistonda bank ishi, kredit munosabatlari yildan yilga rivojlanib bormoqda. Xalqaro moliya tashkilotlarining ma‘lumotlariga k o‗ra, O‗zbekiston ―Biznesni yuritish‖, ―Kredit olish‖ indeksi bo‗yicha 2012-yilda 154- o‗rin, 2014-yilda 105-o‗rinni egallagan bo‗lsa, 2015- yilda 42- o‗ringa chiqdi. ―Kredit axboroti‖ indeksi bo‗yicha O‗zbekiston 8 ballik baholash tizimidan 7 ballga ega b o‗lgani respublikada kredit munosabatlarini tez sur‘atlarda rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar Strategiyasida 1 mamlakatimiz bank tizimining barqarorligini ta‘minlash, ularning capital etarliligini xalqaro talablarga moslashtirib borish, banklarda risk-menejmentni takomillashtirish sohasida qator vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Shu bois, iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subyekti b o‗lgan banklar faoliyatini o‗rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini chuqur bilishni taqozo qiladi. Kadrlar tayyorlash b o‗yicha ta‘lim standartlari asosida ishlab chiqilgan namunaviy o‗quv dasturi asosida yaratilgan. «Bank ishi» darsligi «Pul, kredit va banklar» nazariy fanining davomi bo‗lib, bu fanda mavzularni nazariy jihatdan yoritish bilan birgalikda k o‗proq mavzularni amaliy jihatdan o‗rganishga e‘tibor qaratilgan. Bu fan yosh bankirlarga va bank ishiga qiziquvchilarga mutaxassislik b o‗yicha bilim berishga, jumladan, banklar faoliyatini tashkil qilish va olib borish, banklarning turli bozor subyektlari bilan 1 Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar Strategiyasi togrisida.PF-4947-son. T.,2017 y.7 fevral. 9 munosabatlarini va umuman bank ishini tashkil etish asoslarini o‗rgatishga mo‗ljallangan. Bank maxsus muassasa sifatida o‗ziga xos bo‗lgan funksiya va operatsiyalarni bajaradi. U bajaradigan funksiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor munosabati subyektlari faoliyatidan ajralib turishiga asos b o‗ladi. Banklarning ish predmeti bo‗lib pul mabla g‗lari hisoblanadi va ular bozor munosabatining boshqa subyektlari faoliyatida yuzaga keladigan pul munosabatlarining amalga oshirilishida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Pul doimo o‗zi bilan ehtiyotkorona muomalada b o‗lishni va saqlashni, uni ko‗paytirishga harakat qilishni, iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi. Pulni tejab-tergab ishlatadigan subyekt doimo pulga ega b o‗lishi, pulini hisobsiz sarflaydigan kishi undan tezda ajralib qolishi va nochor ahvolga tushishi mumkin. Bank bozor munosabatlarining boshqa subyektlaridan farqli o‗laroq, pul bilan ishlovchi, vaqtincha b o‗sh turgan pul mablag‗larini o‗zida yi g‗uvchi, uni pul zarur bo‗lgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va bu pul mabla g‗larini samarali ishlatish asosida o‗z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Bank ishini qonun va qoidalar asosida aniq va samarali olib borish nafaqat bank faoliyatini samarali qiladi, balki butun jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga va jamiyat a‘zolarining ham boyishiga, turmush farovonligining oshishiga olib keladi. Odatda, iqtisodiyotning holati banklar faoliyati bilan aniqlanadi. Banklar bozor munosabatlarining boshqa subyektlaridan farqli ravishda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi muassasa hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini ta‘minlash, bo‗sh pul mablag‗larini yig‗ish va ularni pul zarur b o‗lgan subyektlar o‗rtasida taqsimlash bo‗yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa subyektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mabla g‗larga tayanib ishlaydilar. Bu esa, o‗z navbatida, bank ishining risklilik darajasini oshi- radi. Chunki bank, bir tomondan, unga o‗z jamg‗armalarini ishonib top- shirgan yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega b o‗lsa, ikkinchi tomondan, bank o‗z aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Shu sabab banklar mabla g‗larni doimo iqtisod qilib ish olib boradilar. Bank ishi bozor munosabatlarining o‗zgarishiga qarab o‗zgarib bo- radi, lekin ular tarixiy rivojlanishining o‗ziga xos bo‗lgan xususiyatlarni, klassik funksiyalar va operatsiyalarni saqlab qolganlar. Qadimdan ham 32 bilan belgilanib, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bo g‗liq bo‗ladi. Majburiy rezervlarning miqdorlari jalb etilgan mabla g‗lar va omonatlarning har bir toifasi b o‗yicha barcha banklar uchun bir xildir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar k o‗rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o‗tkaziladi. 2-jadval Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling