Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


VII BOB. KREDITLASHNI TASHKIL ETISH ASOSLARI


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

VII BOB. KREDITLASHNI TASHKIL ETISH ASOSLARI 
 
1-
§. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil qilish.
Kreditlash tamoyillari 
O‗zbekiston Respublikasi hududida xo‗jalik yurituvchi subyektlarga 
kredit berish tijorat banklari tomonidan 
«Banklar va bank faoliyati 
t
o‗g‗risida»gi qonun asosida va boshqa me‘yoriy hujjatlarga muvofiq 
ravishda amalga oshiriladi. Kreditlar 
O‗zbekiston Respublikasining 
«Korxonalar to‗g‗risida»gi qonuniga asosan kredit o‗z kapitali va 
mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega b
o‗lgan mustaqil 
x
o‗jalik yurituvchi subyektlarga beriladi. Kredit qarz oluvchi va qarz 
beruvchi 
o‗rtasidagi pul mablag‗ini to‗lovlilik, muddatlilik, maqsadlilik 
va qaytib berishlik asosida vaqtincha foydalanishga berish bilan bo
g‗liq 
iqtisodiy munosabatlarni 
o‗zida ifoda qiladi. Tijorat banklari xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarga, ularning mulkchilik shakllaridan 
qat‘i nazar, 
shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli kreditlar beradi. Kredit 
mijozning hisob-kitob vara
g‗i joylashgan bankda beriladi. Zarar ko‗rib 
ishlaydigan, nolikvid balansga ega b
o‗lgan xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan 
tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq 
muddatli moliyaviy nobarqarorlik, x
o‗jasizlik va zararlarni qoplash 
uchun foydalanishga y
o‗l qo‗yilmaydi. Kredit iqtisodiy munosabatlar-
ning belgilangan tizimi sifatida boshqa pul munosabatlaridan farq qiladi, 
ya‘ni pulning xarajati qaytarib berish sharti bilan amalga oshiriladi. 
Kreditlash jarayoni bir nechta tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 
Kreditning muddatliligi 
 Kreditning qaytarilishligi 
 Kreditning ta‘minlanganligi 
 Kreditning to‗lovliligi 
 Kreditning maqsadliligi 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling