Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

«standart» krediti uchun bank zaxira kapitali tarkibida ularning 
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining bir foizi miqdorida 
zaxira shakllantirishi lozim. 
Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar tijorat banklari 
tomonidan soliqlar va boshqa majburiy t
o‗lovlar to‗langandan so‗ng 
qolgan sof foyda hisobidan tashkil qilinadi. 
Kredit olgan mijozning moliyaviy holati barqaror b
o‗la turib, ba‘zi 
bir salbiy oqibatlar natijasida uning moliyaviy ahvoli yomonlashib, 
kreditni va u b
o‗yicha foizlarni to‗lay olmaslik ehtimoli yuzaga kelishi 
mumkinligiga shuhba tu
g‗ilsa, tijorat banki bunday mijozlarga bergan 
kreditlarini 
«substandart» deb tasniflaydi. Bunda moliyaviy holati yoki 
ta‘minotni nazorat qilish borasida bir muncha shubhalar bo‗lgan, kredit 
hujjatlarida yetarlicha axborot b
o‗lmagan yoki ta‘minot bo‗yicha 
hujjatlari b
o‗lmagan «standart» deb tasniflangan aktivlarning sifati ham 
«substandart» deb tasniflanishi lozim. «Substandart» deb tasniflangan 
kreditlar uchun
ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) 
summasining 
o„n foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi 
lozim. 
Agar bank tomonidan berilgan kreditlar b
o‗yicha quyida keltirilgan 
omillardan hech b
o‗lmaganda bittasi mavjud bo‗lsa, kreditlarning sifati 
«qoniqarsiz» deb tasniflanadi. Bular: 


394
- kredit tarixi, kredit 
ta‘minotining yomonlashuvi yoki 
likvidliligining pasayishi; 
- muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi; 
- rahbarning boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs 
b
o‗lsa) v.b.
Banklarning kredit portfelini quyidagi y
o‗nalishlar bo‗yicha 
tasniflash mumkin: 
- risklar bo‗yicha; 
- iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha; 
- berilgan kreditlarning qaysi maqsadga yo‗naltirilganligi bo‗yicha; 
- foydalanish muddati bo‗yicha; 
- mablag‗ning hajmi bo‗yicha; 
- ta‘minlanganlik shakli bo‗yicha; 
- mulkchilik shakli bo‗yicha va boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha. 
Undan tashqari manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy 
o‗rni 
va manzili b
o‗yicha ham tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash 
mumkin. Tasniflash asosan milliy valyutada amalga oshiriladi. 
Ba‘zi 
hollarda qayta moliyalashtirish va 
o‗z mablag‗lari hisobidan beriladigan 
kreditlar qattiq valyutada ham amalga oshirilishi mumkin. 
Tijorat banklari faoliyatida yuqorida keltirilgan risk turlarining bar-
chasi uchrab turadi, lekin ularning faoliyatiga k
o‗proq ta‘sir qiladigan 
risklar kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi riski hisoblanadi. Ti-
jorat banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda 
foyda olishga y
o‗naltirilgan bo‗lganligi uchun ular faoliyatida bu risk-
larning salmo
g‗i ham yuqori bo‗ladi. 
Tasniflangan kreditlarning har qaysi guruhga kirishi darajasi tez 
sotiladigan aktivlar va yuqori likvid mabla
g‗larning mavjudligi bilan 
belgilanadi.
Darslikning 4-bobida 
ta‘kidlanganidek, O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2015-yil 13-iyunda tasdiqlangan 
14/5-sonli qaror asosida ishlab chiqilgan 
«Tijorat banlari aktivlar sifatini 
tasniflash va aktivlar b
o‗yicha ehtimoliy yo‗qotishlarni qoplash uchun 
zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi t
o‗g‗risida»gi 
nizomga asosan tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar 
(aktivlar) sifatiga k
o‗ra «standart», «substandart», «qoniqarsiz», 
«shubhali» va «umidsiz» toifalarga tasniflanadi.
Kreditlar sifatining tahlili va tasnifi natijalari yuqorida keltirilgan 
mezonlarga asoslanadi va ushbu mezonlar tijorat banklarining kredit 
391
portfelining sifatli b
o‗lishiga erishishi zarur. Bu esa kreditlarning o‗z 
vaqtida qaytib kelishiga asos b
o‗lishi mumkin. 
Tijorat banklari tomonidan kredit portfelining sifat b
o‗yicha tavsifi 
kreditlarning qaytarilishi va kredit riskini qisqartirishni 
ta‘minlashda 
q
o‗llaniladi. 
Kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishi quyidagi qator 
sabablarga bo
g‗liq:
1. Alohida olingan banklarda kredit berish jarayonining tashkil 
qilish darajasi. 
2. Ssudalar berilishi va qaytarilishi tartibiga amal qilish darajasi. 
3. Ssudalar va, ayniqsa, muddati uzaytirilgan va muddati 
o‗tgan 
ssudalarni hisobga olish jarayonining t
o‗g‗ri aks ettirilishi. 
4. Ssudalarning t
o‗g‗ri tasniflanishi. 
5. Ssudalar b
o‗yicha ehtimoliy yo‗qotishlarga ajratilgan zaxiralar 
miqdori v.b. 
Kredit portfelining mohiyatini ochib berishda quyidagi omillarni 
inobatga olish zarur. Bular: 
- kreditlar b
o‗yicha risk darajasi; 
- kredit berish obyektlari; 
- kreditdan foydalanish muddati; 
- kreditning hajmi va 
ta‘minlanganligi; 
- mijozning moliyaviy holati, mulk shakli v.b. 
Kredit portfeli faqat normal kreditlarni emas, balki muddati 
o‗tgan 
kreditlarni ham 
o‗z ichiga oladi. Bu omillarni e‘tiborga olish tijorat 
banklarining kredit portfelini shakllantirishda, ularning faoliyatini t
o‗g‗ri 
tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Kredit risklarining darajasi xorijiy 
banklar va bizning banklarimiz amaliyotida ham banklarning kredit port-
felini ifodalovchi mezonlardan asosiysi hisoblanadi. Aynan shu 
k
o‗rsatkichning darajasiga qarab, kredit portfelining sifati aniqlanadi. 
Banklarning kredit portfelini baholash va tahlil qilish bank menejerlariga 
ssuda operatsiyalarini samarali boshqarishga imkon beradi. 
Banklarning kredit portfelini tashkil qilishning asosiy maqsadi 
bankning kredit siyosati sohasidagi strategiyasini ishlab chiqish, kredit-
larning sifatini tahlil qilish va uni yaxshilash sohasida choralar ishlab 
chiqishdan iborat. Buning uchun bank berilgan kreditlarning belgilangan 
limitlarga mos kelishi, kredit resurslardan foydalanish samaradorligi, 
kredit risklarni kamaytirish va kreditlarning sifatini yaxshilash kabi 
k
o‗rsatkichlarning haqiqiy holatini tekshirib borish zarur. 


392
Tijorat banklarining kredit portfelini tashkil qilish kreditlashni tash-
kil qilish tamoyillariga asoslangan b
o‗lishi lozim. Kreditning muddatli-
ligi, uning 
o‗z vaqtida qaytarilishi va to‗lovliligi kredit portfelining bar-
qarorligini va sifatliligini 
ta‘minlashga asos bo‗lishi mumkin. 
Kredit portfelining sifatini doimiy ravishda nazorat qilish tijorat 
banklari faoliyatining samaradorligini oshirish garovidir. Ularning kredit 
portfelini oqilona boshqarish esa kredit risklarini kamaytirishning asosiy 
omillaridan hisoblanadi. Shuni qayd qilish lozimki, banklarning moliya-
viy hisobotlari va boshqa q
o‗shimcha ma‘lumotlari ulardagi aktivlar si-
fatining real holatini, shuningdek, kredit portfeli b
o‗yicha mavjud 
muammolarning bank daromadiga 
ta‘sirini aks ettirishi lozim. Bunday 
ma‘lumotlarning yo‗qligi nafaqat bank aksiyadorlari yoki Markaziy 
bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chal
g‗itib qo‗ymasdan, balki 
bankning 
o‗ziga ham risklarni boshqarish jarayonida zarar yetkazishi 
mumkin. Bankning kredit portfeli va uning sifati t
o‗g‗risida aniq 
ma‘lumotga ega bo‗lmaslik, zarur hollarda oldindan choralar 
k
o‗rilmaslik natijasida muammoli kreditlar yuzaga kelishi mumkin. 
Muammoli kreditlar banklardagi risklarni minimal darajaga yetkazishga 
t
o‗siq bo‗lib turadi. Kredit portfeli sifati haqida obyektiv 
ma‘lumotlarning yo‗qligi bank rahbariyati tomonidan bankning kredit 
siyosatiga zarur 
o‗zgartirishlar kiritilishiga ham xalaqit beradi. 
Banklarning kredit portfelini tashkil qilishda: 
- kredit risklari darajasini inobatga olgan holda kreditlarning sifatini 
baholash mezonlarini tanlash va ular asosida kreditning sifatini baholash 
usullarini ishlab chiqish, ssudalarning asosiy guruhlarini, ularning foiz 
stavkalar asosida aniqlash; 
- kreditlarni tavsiflash (turkumlash); 
- har bir kredit guruhi b
o‗yicha risk foizi darajasini aniqlash; 
- har bir kredit va bank b
o‗yicha kredit riskining absolyut summasi-
ni aniqlash; 
- tegishli 
ma‘lumotlar asosida kreditlar bo‗yicha zararlarni qoplash 
uchun yetarli rezerv summasini aniqlash; 
- koeffitsiyentlar b
o‗yicha kredit portfelining sifatiga baho berish; 
- kredit portfelining tarkibini yaxshilash b
o‗yicha chora-tadbirlar 
ishlab chiqish zarur. 
Shunday qilib, tijorat banklarining kredit portfeli turli xil kredit 
risklariga asoslangan, muayyan mezonlarga qarab turkumlangan kredit-
lar miqyosidagi bank talablarining yi
g‗indisi bo‗lib, uni samarali 
boshqarish kredit risklarini va, umuman olganda, bank risklarini ka-
393
maytirishning muhim omili hisoblanadi. Banklarning kredit portfelini 
samarali tashkil qilish va uning sifatini tahlil qilish banklar faoliyatini 
olib borishda muhim 
o‗rin egallaydi. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling