Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Substandart» deb tasniflangan kreditlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining o„n foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi
«standart» krediti uchun bank zaxira kapitali tarkibida ularning
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining bir foizi miqdorida zaxira shakllantirishi lozim. Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar tijorat banklari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy t o‗lovlar to‗langandan so‗ng qolgan sof foyda hisobidan tashkil qilinadi. Kredit olgan mijozning moliyaviy holati barqaror b o‗la turib, ba‘zi bir salbiy oqibatlar natijasida uning moliyaviy ahvoli yomonlashib, kreditni va u b o‗yicha foizlarni to‗lay olmaslik ehtimoli yuzaga kelishi mumkinligiga shuhba tu g‗ilsa, tijorat banki bunday mijozlarga bergan kreditlarini «substandart» deb tasniflaydi. Bunda moliyaviy holati yoki ta‘minotni nazorat qilish borasida bir muncha shubhalar bo‗lgan, kredit hujjatlarida yetarlicha axborot b o‗lmagan yoki ta‘minot bo‗yicha hujjatlari b o‗lmagan «standart» deb tasniflangan aktivlarning sifati ham «substandart» deb tasniflanishi lozim. «Substandart» deb tasniflangan kreditlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining o„n foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim. Agar bank tomonidan berilgan kreditlar b o‗yicha quyida keltirilgan omillardan hech b o‗lmaganda bittasi mavjud bo‗lsa, kreditlarning sifati «qoniqarsiz» deb tasniflanadi. Bular: 394 - kredit tarixi, kredit ta‘minotining yomonlashuvi yoki likvidliligining pasayishi; - muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi; - rahbarning boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs b o‗lsa) v.b. Banklarning kredit portfelini quyidagi y o‗nalishlar bo‗yicha tasniflash mumkin: - risklar bo‗yicha; - iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha; - berilgan kreditlarning qaysi maqsadga yo‗naltirilganligi bo‗yicha; - foydalanish muddati bo‗yicha; - mablag‗ning hajmi bo‗yicha; - ta‘minlanganlik shakli bo‗yicha; - mulkchilik shakli bo‗yicha va boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha. Undan tashqari manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o‗rni va manzili b o‗yicha ham tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tasniflash asosan milliy valyutada amalga oshiriladi. Ba‘zi hollarda qayta moliyalashtirish va o‗z mablag‗lari hisobidan beriladigan kreditlar qattiq valyutada ham amalga oshirilishi mumkin. Tijorat banklari faoliyatida yuqorida keltirilgan risk turlarining bar- chasi uchrab turadi, lekin ularning faoliyatiga k o‗proq ta‘sir qiladigan risklar kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi riski hisoblanadi. Ti- jorat banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga y o‗naltirilgan bo‗lganligi uchun ular faoliyatida bu risk- larning salmo g‗i ham yuqori bo‗ladi. Tasniflangan kreditlarning har qaysi guruhga kirishi darajasi tez sotiladigan aktivlar va yuqori likvid mabla g‗larning mavjudligi bilan belgilanadi. Darslikning 4-bobida ta‘kidlanganidek, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2015-yil 13-iyunda tasdiqlangan 14/5-sonli qaror asosida ishlab chiqilgan «Tijorat banlari aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar b o‗yicha ehtimoliy yo‗qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi t o‗g‗risida»gi nizomga asosan tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar (aktivlar) sifatiga k o‗ra «standart», «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» toifalarga tasniflanadi. Kreditlar sifatining tahlili va tasnifi natijalari yuqorida keltirilgan mezonlarga asoslanadi va ushbu mezonlar tijorat banklarining kredit 391 portfelining sifatli b o‗lishiga erishishi zarur. Bu esa kreditlarning o‗z vaqtida qaytib kelishiga asos b o‗lishi mumkin. Tijorat banklari tomonidan kredit portfelining sifat b o‗yicha tavsifi kreditlarning qaytarilishi va kredit riskini qisqartirishni ta‘minlashda q o‗llaniladi. Kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishi quyidagi qator sabablarga bo g‗liq: 1. Alohida olingan banklarda kredit berish jarayonining tashkil qilish darajasi. 2. Ssudalar berilishi va qaytarilishi tartibiga amal qilish darajasi. 3. Ssudalar va, ayniqsa, muddati uzaytirilgan va muddati o‗tgan ssudalarni hisobga olish jarayonining t o‗g‗ri aks ettirilishi. 4. Ssudalarning t o‗g‗ri tasniflanishi. 5. Ssudalar b o‗yicha ehtimoliy yo‗qotishlarga ajratilgan zaxiralar miqdori v.b. Kredit portfelining mohiyatini ochib berishda quyidagi omillarni inobatga olish zarur. Bular: - kreditlar b o‗yicha risk darajasi; - kredit berish obyektlari; - kreditdan foydalanish muddati; - kreditning hajmi va ta‘minlanganligi; - mijozning moliyaviy holati, mulk shakli v.b. Kredit portfeli faqat normal kreditlarni emas, balki muddati o‗tgan kreditlarni ham o‗z ichiga oladi. Bu omillarni e‘tiborga olish tijorat banklarining kredit portfelini shakllantirishda, ularning faoliyatini t o‗g‗ri tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Kredit risklarining darajasi xorijiy banklar va bizning banklarimiz amaliyotida ham banklarning kredit port- felini ifodalovchi mezonlardan asosiysi hisoblanadi. Aynan shu k o‗rsatkichning darajasiga qarab, kredit portfelining sifati aniqlanadi. Banklarning kredit portfelini baholash va tahlil qilish bank menejerlariga ssuda operatsiyalarini samarali boshqarishga imkon beradi. Banklarning kredit portfelini tashkil qilishning asosiy maqsadi bankning kredit siyosati sohasidagi strategiyasini ishlab chiqish, kredit- larning sifatini tahlil qilish va uni yaxshilash sohasida choralar ishlab chiqishdan iborat. Buning uchun bank berilgan kreditlarning belgilangan limitlarga mos kelishi, kredit resurslardan foydalanish samaradorligi, kredit risklarni kamaytirish va kreditlarning sifatini yaxshilash kabi k o‗rsatkichlarning haqiqiy holatini tekshirib borish zarur. 392 Tijorat banklarining kredit portfelini tashkil qilish kreditlashni tash- kil qilish tamoyillariga asoslangan b o‗lishi lozim. Kreditning muddatli- ligi, uning o‗z vaqtida qaytarilishi va to‗lovliligi kredit portfelining bar- qarorligini va sifatliligini ta‘minlashga asos bo‗lishi mumkin. Kredit portfelining sifatini doimiy ravishda nazorat qilish tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish garovidir. Ularning kredit portfelini oqilona boshqarish esa kredit risklarini kamaytirishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Shuni qayd qilish lozimki, banklarning moliya- viy hisobotlari va boshqa q o‗shimcha ma‘lumotlari ulardagi aktivlar si- fatining real holatini, shuningdek, kredit portfeli b o‗yicha mavjud muammolarning bank daromadiga ta‘sirini aks ettirishi lozim. Bunday ma‘lumotlarning yo‗qligi nafaqat bank aksiyadorlari yoki Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chal g‗itib qo‗ymasdan, balki bankning o‗ziga ham risklarni boshqarish jarayonida zarar yetkazishi mumkin. Bankning kredit portfeli va uning sifati t o‗g‗risida aniq ma‘lumotga ega bo‗lmaslik, zarur hollarda oldindan choralar k o‗rilmaslik natijasida muammoli kreditlar yuzaga kelishi mumkin. Muammoli kreditlar banklardagi risklarni minimal darajaga yetkazishga t o‗siq bo‗lib turadi. Kredit portfeli sifati haqida obyektiv ma‘lumotlarning yo‗qligi bank rahbariyati tomonidan bankning kredit siyosatiga zarur o‗zgartirishlar kiritilishiga ham xalaqit beradi. Banklarning kredit portfelini tashkil qilishda: - kredit risklari darajasini inobatga olgan holda kreditlarning sifatini baholash mezonlarini tanlash va ular asosida kreditning sifatini baholash usullarini ishlab chiqish, ssudalarning asosiy guruhlarini, ularning foiz stavkalar asosida aniqlash; - kreditlarni tavsiflash (turkumlash); - har bir kredit guruhi b o‗yicha risk foizi darajasini aniqlash; - har bir kredit va bank b o‗yicha kredit riskining absolyut summasi- ni aniqlash; - tegishli ma‘lumotlar asosida kreditlar bo‗yicha zararlarni qoplash uchun yetarli rezerv summasini aniqlash; - koeffitsiyentlar b o‗yicha kredit portfelining sifatiga baho berish; - kredit portfelining tarkibini yaxshilash b o‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, tijorat banklarining kredit portfeli turli xil kredit risklariga asoslangan, muayyan mezonlarga qarab turkumlangan kredit- lar miqyosidagi bank talablarining yi g‗indisi bo‗lib, uni samarali boshqarish kredit risklarini va, umuman olganda, bank risklarini ka- 393 maytirishning muhim omili hisoblanadi. Banklarning kredit portfelini samarali tashkil qilish va uning sifatini tahlil qilish banklar faoliyatini olib borishda muhim o‗rin egallaydi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling