Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
XI BOB. TIJORAT BANKLARINING KREDIT PORTFELI VA UNING SIFAT TAHLILI 1- §. Tijorat banklarining kredit portfeli va uning iqtisodiy mohiyati Tijorat banklari faoliyatining barqarorligi va raqobatbardoshligi ularning resurslarini t o‗g‗ri tashkil qilish va ulardan oqilona foydalanishga bo g‗liq. Shuni ta‘kidlash lozimki, tijorat banklarining depozit va kredit portfelini tashkil qilish, boshqarish, uni diversifikatsiya qilish bank faoliyatining samaradorligini ta‘minlashning muhim y o‗nalishlaridan hisoblanadi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti keng rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining kredit siyosatiga, ularning kredit portfeli va uning sifatiga, undan foydalanish darajasiga katta e‘tibor beriladi, chunki banklar kredit portfelining to‗g‗ri tashkil qilinishi ularning samarali faoliyat k o‗rsatayotganidan dalolat beradi. Banklar faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy o‗rinni egallagani uchun ularning kredit portfelini t o‗g‗ri tashkil qilish, banklarning samarali va barqaror faoliyat k o‗rsatishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kredit operatsiyalarini olib borishda y o‗l q o‗yilgan kamchiliklar banklar daromadining kamayishiga, ba‘zi hollarda ularning sinib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli banklarning kredit portfeli va uning sifatini nazorat qilib borish tijorat banklarining samarali faoliyatining garovidir. Aynan kredit portfelini oqilona boshqarish kredit risklarini kamaytirishning omili hisoblanadi. Banklarning kredit portfeli, uning holati t o‗g‗risida biron fikr bildirishdan oldin, dastlab kredit portfelining iqtisodiy mohiyatini tushunib olishimiz lozim. Berilgan kreditlarning o‗z vaqtida banklarga qaytarilishi kreditlash jarayonining qay darajada tashkil qilinishiga, kredit berish va qaytarilishining muddatlariga rioya qilinishiga, ssudalar, ayniqsa, muddati o‗tgan yoki uzaytirilgan kreditlar bo‗yicha hisob-kitob operatsiyalarining t o‗g‗ri olib borilishiga, ssudalar bo‗yicha zararlarni qoplash rezervi miqdoriga, banklararo kredit va markazlashtirilgan kreditlar b o‗yicha operatsiyalarning qonuniyligiga va kreditlarni to‗g‗ri turkumlash b o‗yicha banklarda o‗tkaziladigan analitik operatsiyalarning sifatliligi va boshqa omillarga bo g‗liq bo‗ladi. Banklar tomonidan bajariladigan barcha kredit operatsiyalari ularning kredit portfelida o‗z ifodasini topishi, har bir bank kredit 395 portfeli va boshqa aktivlaridagi risklarni aniqlash va baholashda q o‗llaniladi. O‗z muddatida to‗lanishiga shubha tug‗dirmaydigan kreditlar sifati «standart» deb tasniflanadi. Bunda qarz oluvchi moliyaviy holati barqaror hisoblanadi, u yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadga ega, barcha mavjud majburiyatlarini, jumladan, olgan kreditini qoplash uchun yetarli pul mabla g‗lari oqimiga, shuningdek, amalga oshirilishi mumkin b o‗lgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va o‗z mahsulotini sotish bo‗yicha marketing rejasiga ega b o‗ladi. Ta‘minoti bo‗yicha kredit «yaxshi ta‘minlangan»ga mos keladi. Ta‘minot turlari qonuniy jihatdan to‗g‗ri va tasdiqlangan. Risk paydo b o‗lganda, bank cheklovlarsiz ta‘minot hisobidan kreditni undirib olish imkoniyatiga ega. Sifati «standart» bo‗lgan kreditlarda kreditning asosiy summasi va ular b o‗yicha foizlarni muddati o‗tmagan, ularning shartlari qayta ko‗rib chiqilmagan b o‗lishi, bunday kreditlarni to‗lashda muammolar yuzaga kelmasligi shart. Tijorat bankining kredit portfelida mavjud b o‗lgan Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling