Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
“PRAYM–REYT” stavkalaridan
foydalanadilar. 401 - mijozning umumiy tashkiliy asosi, yuqori tashkiloti t o‗g‗risida ma‘lumot yig‗ishi; - kredit hujjatlarini, kafolat, garov, veksel, shartnoma va boshqalarni k o‗rib chiqish; - muammoli holatdan chiqish rejasini ishlab chiqishi lozim. Bank faoliyati doimo riskli operatsiyalar bilan bo g‗liq bo‗lgani uchun, ular faoliyatida doimo muammoli kreditlar yuzaga keladi. Respublika tijorat banklari kredit portfelining tahlili shuni k o‗rsatadiki, ba‘zi bir banklarda bunday kreditlar salmog‗i ancha yuqori. Bu kreditlarni boshqarish, ularni o‗z vaqtida undirib olish ancha vaqt va mehnatni talab qiladi. Hozirgi vaqtda tijorat banklarida muammoli kreditlar b o‗yicha ishlarni kredit bo‗limi xodimlari olib boradi. Bu jarayonning ijobiy tomoni shundaki, kredit b o‗limi xodimi shu kreditni berganligi uchun mijozni, uning moliyaviy ahvolini yaxshi bilishi mumkin. Ikkinchi tomondan shu bank xodimi yetarli nazorat olib bormaganligi sababli shunday muammoli kredit yuzaga kelgan b o‗lishi mumkin. Shu sabab muammoli kredit yuzaga kelganligi yoki mavjudligi t o‗g‗risida axborot aniqlangandan keyin muammoli kreditlar bilan ishlash b o‗limi kreditni sog‗lomlashtirish bo‗yicha choralar ko‗rishi, muammoli holatdan chiqish strategiyasini ishlab chiqishi lozim. Muammoli kreditlar yuzaga kelish sabablari b o‗yicha bir-biridan farq qilsada, ularning oldini olishda quyidagi yondashishlar q o‗l kelishi mumkin: - qarzni restrukturizatsiyalash dasturini ishlab chiqish; - q o‗shimcha hujjatlar va kafolatlar olish; - q o‗shimcha fondlarni to‗xtatish yoki qo‗shimcha inyeksiya qilish; - garovni sotish; - boshqa aktivlarni sotish; - kafolat b o‗yicha to‗lovni talab qilish; - boshqaruvni almashtirish; - menejment ishlarini olib borish; - huquqiy masalalarni k o‗rib chiqish v.b. Amaliyotdan ma‘lumki, banklarning bankrot bo‗lishida asosan uchta sabab b o‗lishi mumkin. Bular kreditlarning qaytarilmasligi yoki boshqa aktivlarning y o‗qotilishi, banklarning nolikvidliligi va banklar- ning asosiy faoliyatidan keladigan zararlardir. Bu omillarning har biri bank kapitalining kamayishiga olib keladi. Bank kapitalining me‘yordan pastga tushishi bankning t o‗lovga layoqatsizligidan, uning aktivlariga nisbatan majburiyatlari oshib ketganligidan, boshqacha qilib aytganda, uning bankrotligidan dalolat beradi va bank litsenziyasidan mahrum b o‗lishi mumkin. Banklar muammoli kreditlar b o‗yicha ehtimoliy yo‗qotishlarga zaxiralar ajratishlari, zaxira fondining yetarliligi eng kamida bir oyda bir 402 marta k o‗rib chiqilishi kerak. Quyidagi jadvalda kredtlarning sifat tasnifi b o‗yicha zaxiralar nor- masi keltirilgan. 52-jadval Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling