Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
XII BOB. TIJORAT BANKLARINING FOIZ SIYOSATI 1- §. Tijorat banklarining foiz siyosati to„g„risida tushuncha Tijorat banklari daromadlarining shakllanishi ularning foiz siyosati orqali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning faoliyatini moliyaviy jihatdan q o‗llab-quvvatlab, uning foyda olishi uchun shart- sharoit yaratar ekan, demak, bu orqali o‗zining maqsadli manfaatini ham amalga oshirgan b o‗ladi. Bank boshqaruvida foiz siyosatini ishlab chiqish va boshqarish muhim o‗rin tutadi. Tijorat banklarining foiz siyosati bank umumiy siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida bankning pul mabla g‗larini jalb qilish va joylashtirish sohasida foizlar o‗rnatish bilan bog‗liq chora-tadbirlar majmuasidan iborat bo‗lib, bankning likvidligi va rentabelligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan. Foiz siyosatiga kengroq ta‘rif beradigan bo‗lsak, u foiz stavkalarini boshqarish orqali iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar yi g‗indisidir. Shu bois, foiz siyosati bank operatsiyalarining samarali b o‗lishini va bank faoliyatining barqarorligini ta‘minlashning asosi hisoblanib, tijorat bankining sof foiz daromadini k o‗paytirish va bank balansi likvidliligini boshqarishga y o‗naltiriladi. Tijorat banklarining foiz siyosati va uni amalga oshirishga ichki va tashqi omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Foiz siyosatiga ta‘sir qiluvchi tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: Moliya bozorining holati Mamlakatda mavjud inflyatsiya darajasi Banklararo raqobat va bank xizmatlariga b o‗lgan talab Pul bozoridagi taklif Markaziy bankning pul –kredit siyosati Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar rivojlanishining o‗ziga xos xususiyatlari Foiz siyosatiga ta‘sir qiluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi: Bank xizmatlarining k o‗lami va turlari Bank mijozlarining tarkibi va moliyaviy holati 404 Bank xodimlarining malakasi va tajribasi Bank resurs bazasining barqarorligi, miqdori, hajmi, muddati va h.k. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling