Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat bankining foiz siyosati
20-rasm. Tijorat banki foiz siyosatini shakllantirish bosqichlari Banklarning foiz siyosati bankka jalb qilingan resurslar va ularni aktivlarga joylashtirish davomida ularning miqdori, muddati va foizlarida muvofiqlik b o‗lishini ta‘minlashga yo‗naltiriladi. Jalb qilingan Tijorat bankining foiz siyosati Foizlar bo‗yicha maqsadni belgilab olish Bank boshqaruvi va bo‗linmalari, rahbarlarining vakolatlarini belgilash Bank aktiv va passiv operatsiyalari foiz stavkalarini belgilash va ko‗rib chiqish tartibi bo‗yicha qaror qabul qilish Bank operatsiyalari bo‗yicha maksimal, minimal, imtiyozli foizlar o‗rnatish, ularni differensiatsiyalash tamoyillari va mezonlarini belgilash Foiz riski uchun mas ‘ul bo‗lim va xodimlarni belgilash Foiz riskini baholash usullarini, foizlar hisobini yuritish, hisobot berish muddatini tasdiqlash Foiz riskini cheklash va oldini olish vositalarini tanlash Foiz riskini monitoring qilish 413 G‗arb mamlakatlarining pul-kredit munosabatlarida turli xil foiz stavkalari q o‗llaniladi. 1-darajali foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash foiz stavkasi hisoblanadi. Bu muhim ahamiyatga ega. Stavkaning Markaziy bank tomonidan pasaytirilishi bozorda kredit resurslari taklifining k o‗payishiga va arzonlashishiga olib keladi. Foiz stavkasini pasaytirishdan maqsad - investitsiya harakatini tezlashtirish, mamlakatning iqtisodiy o‗sishiga turtki berishdan iborat. Qayta moliyalash foiz stavkasining oshishi kreditlar b o‗yicha foiz stavkalarining ham oshishiga, ya‘ni kreditning qimmatlashuviga, shu bilan birga, iqtisodiyotda investitsiyalar hajmining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Demak, Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati inflyatsiya darajasi hamda iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini hisobga olgan holda, mamlakatning pul-kredit tizimining holatiga qarab olib borilishi kerak. Tijorat banklarining foiz siyosati ikki asosiy y o‗nalishni o‗z ichiga oladi. Birinchisi, bu bank resurslarini yaratishda mabla g‗larni jalb qilish jarayonida olib boriladigan foiz siyosati, ikkinchisi, banklar tomonidan resurslarni joylashtirish sohasida olib boriladigan foiz siyosatidir. O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklarining foiz siyosati bank tizimiga taalluqli qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan. 1998-yilning 2-dekabrida qabul qilingan 558-sonli ―Banklarning kredit va depozitlari bo‗yicha foizlar hisoblash tartibi t o‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankning nizomiga asosan olib boriladi. Tijorat banklari foiz siyosatini o‗zlari mustaqil ishlab chiqadilar va ular amalga oshiradigan operatsiyalariga foizlar o‗rnatishda erkindirlar (ammo foizlar o‗rnatish chegarasi Markaziy bank talablari doirasida b o‗lishi lozim). Qoidaga asosan kreditlar va depozitlar b o‗yicha foizlar to‗lash vaqtida emas, balki foyda k o‗rish davrida hisoblanib, moliyaviy hisobotlarda davriylikka mos aks ettirilib borilishi lozim. Depozit va kreditlar b o‗yicha hisoblangan foizlarni ifodalash uchun har bir depozit turi va kredit b o‗yicha alohida hisob varaqlari ochiladi. Depozitlar va kreditlar b o‗yicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni t o‗lash vaqti, davri, to‗lash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank o‗rtasida kelishib olinadi va tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar b o‗yicha foiz stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari bahosiga, kredit riskning darajasiga qarab tijorat banki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling