Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Riskni boshqarish subyektlari
- bular bank rahbariyati, riskni boshqarish boshqarmasi yoki b o‗limi, kreditni bergan boshqarma yoki b o‗lim, nazorat, monitoring bo‗linmalari va yuridik bo‗lim hisoblanadi. 613 Bank tomonidan kreditlash uchun foydalanilayotgan resurslarning bir qismi bankning mijozlari b o‗lgan jismoniy va yuridik shaxslar, aktsionerlar mabla g‗lari bo‗lsada, ulardan qay darajada, qaysi sohada foydalanish b o‗yicha qarorni bank qabul qiladi. Bank daromad olishni rejalashtirishi bilan bir qatorda, o‗z faoliyatida ma‘lum risklar ham mavjud ekanligini doimo hisob qilishi, kreditlashda, avvalambor, kredit oluvchi mijoz va uning faoliyatining hayotiyligi, uning kreditga layoqatliligi, berilgan kreditning risklilik darajasini aniq k o‗rib chiqqanidan keyingina kreditning ta‘minlanganligini inobatga olishi lozim. Kreditning ta‘minlanganligi uchun garovga olingan mulk kreditni qaytarib olishning oxirgi manbasidir. Kredit riskining darajasini aniqlashdagi muhim k o‗rsatkichlardan biri, bu korxonaning moliyaviy jihatdan mustaqilligini ifodalovchi koeffitsiyentdir. Uning optimal k o‗rsatkichi Km 0,5 ga teng bo‗lishi mumkin. Bu k o‗rsatkich qarz oluvchilarning o‗z mablag‗larining summasini korxonaning umumiy mabla g‗laridan katta bo‗lishi lozimligini anglatadi. O‗zbekiston hududida xo‗jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashda, asosan, bu k o‗rsatkichning minimal miqdori 0,3 dan kam b o‗lmasligi lozim. Muxtorlik koeffitsiyenti hissadorlarning, aksiya egalarining va kreditorlarning manfaatlarini va, shu bilan birga, moliyaviy mabla g‗larning tarkibini ham ifodalaydi, ya‘ni chetdan jalb qilingan kapital bilan o‗z mablag‗lari ta‘minlanganligining nisbiy darajasini k o‗rsatadi. Bu ko‗rsatkich depressiya davrida korxonalarni katta y o‗qotishlardan saqlaydi va kredit olish uchun kafolat hisoblanadi. Bu k o‗rsatkich orqali korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berish mumkin. Qoplash koeffitsiyenti (K o‗) likvid mablag‗lari summasining qisqa muddatli majburiyatlar summasi nisbatini o‗zida ifodalaydi. Bu k o‗rsatkich taxminan 2,0-2,5 dan kam bo‗lmasligi kerak va qisqa muddatli majburiyatlarning har bir s o‗miga likvid mablag‗larining 2 s o‗mdan ortiq qismi to‗g‗ri kelishini anglatadi. O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklari amaliyotida bu k o‗rsatkich I toifaga kiruvchi korxonalar uchun 2,0 va undan ortiq, II toifaga kiruvchi 614 korxonalar uchun 1>2, III toifa korxonalar uchun 0,5>1 qilib belgilangan. Absolyut likvidlilik koeffitsiyenti (K al ) qarzdorlik b o‗yicha t o‗lovlarni o‗z vaqtida amalga oshirishni ta‘minlaydi, ishlab chiqaruvchining harakatdagi aktivlar darajasini o‗zida ifoda etadi. Absolyut likvidlik koeffitsiyentining eng mukammal k o‗rinishi bu likvidlik koeffitsiyenti b o‗lib (K l ), u yuqori va o‗rta likvidlik mablag‗lar summasi bilan qisqa muddatli qarzdorlik o‗rtasidagi nisbatni ifodalaydi. O‗zbekiston Respublikasi banklari amaliyotida bu ko‗rsatkich 1 toifa korxonalar uchun 1,5 dan yuqori, 2 toifa korxonalar uchun 1,0 dan 1,5 gacha, III toifa korxonalar uchun 1,0 dan kam qilib belgilangan. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling