ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jonlarning o‘lmasligi g‘oyasi Sharq falsafiy an’anasiga ham
xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik
konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg‘ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati inson
organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot faoliyatining mahsulidan
o‘zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi. Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra,
ruhiy hodisalar
qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun etarli dalillar mavjud emas,
shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizmida yuz beradigan moddiy jarayonlar
chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q.
Shunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat biologik mavjudotmi
yoki
faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi. U, hech shubhasiz, ham
biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning o‘zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan ustunroqmi va
inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi qizg‘in bahs-munozaralar predmetidir.
Mazkur
masalalar hanuzgacha o‘zining uzil-kesil echimini topgani yo‘q, hozirda mavjud turli biologik,
psixologik va falsafiy maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: