Abu Nasr Forobiy (873–950) o’zining ko’plab ijtimoiy fikrlari bilan sotsiologikbilimlar rivojiga katta hissa qo’shdi. Uning «Fozil shahar aholisi qarashlari haqida kitob», «Siyosat al-Madaniya» kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqidagi fikr-mulohazalari bayon qilingan. U o’zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, ziddiyatlarini va bu zidddyatlarni keltiribb chiqargan muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan. Forobiy Sotsiologiyaga doir quyidagi ugitlarni yozib qoldirgan: - Abu Nasr Forobiy (873–950) o’zining ko’plab ijtimoiy fikrlari bilan sotsiologikbilimlar rivojiga katta hissa qo’shdi. Uning «Fozil shahar aholisi qarashlari haqida kitob», «Siyosat al-Madaniya» kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqidagi fikr-mulohazalari bayon qilingan. U o’zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, ziddiyatlarini va bu zidddyatlarni keltiribb chiqargan muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan. Forobiy Sotsiologiyaga doir quyidagi ugitlarni yozib qoldirgan:
- turli masalalar xususida fikr yuritish, ularning tarkibi, farqi, ehtimolli va mutlaq mulohazalarni tiniq, puxta tahlil etish;
- keskin va mutlaq (ya’ni, e’tirozga o’rin qoldirmaydigan) mulohaza xususida fikr yuritish;
- bir-biriga qarama-qarshi bo’lganva bo’lmagan farqli mulohazalar xususida fikrlash, ularning qanday holatlarda qarama-qarshi kuchga aylanib qolishini urganish;
- bir-biriga qarama-qarshi bulgan fikrlar, mulohazalarning qanday ko’rinishlarga ega ekanligini qayd etish;
- haqiqiy mezon asosida har bir mulohazaning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini tekshirib ko’rish va ularning qanday ahvoldaligini o’ylab ko’rish;
- o’zgaruvchan, o’zgarmas va o’zgaruvchi mulohozalarning o’zgarish, ma’no va sabablarini bilib olish;
- ma’lum bo’lgan umumiy fikrdan kelib chiqmaydigan mulohaza ko’rinishlari xususida fikrga ega bo’lish;
- fikr-qarashlar ta’rifi, ularning nimalar asosida turishi, tarkib topganligini, ehtimolli va mutlaq fikr-qarashlar haqida ilmiy tasavvurlarga ega bo’lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |