Jamiyatdagi muammolarni hal etishda mikroiqtisodiyotning o‘rni tayanch tushuncha va iboralar


Tanlash muammosi deganda nimani tushunasiz?


Download 32.44 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi32.44 Kb.
#1573935
1   2   3   4   5
Bog'liq
topshiriq javoblari

Tanlash muammosi deganda nimani tushunasiz?

Javob: Iqtisodiy resurslarni cheklanganligi va insonlar ehtiyojlarining cheklanmaganligi fundamental iqtisodiy muammoni – tanlash muammosini keltirib chiqaradi. Turli xil talab va ehtiyojlarni qondirish uchun inson ulardan birini tanlashi va iqtisodiy resurslarni to‘g‘ri taqsimlashi zarur.

  1. Alternativ harajatlar deganda qanday harajatlar tushuniladi?

Javob: Alternativ xarajatlar – tanlashda voz kechilgan eng yaxshi alternative variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Alternativ qiymatga foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror ne’mat qiymatining voz kechilgan boshqa bir nechta ne’mat qiymati bilan ifodalanishi.

  1. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi deganda nimalar tushuniladi?

Javob: Iqtisodiy tahlil metodologiyasi Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda 2 xil yondashuvdan foydalaniladi : prozitiv va normativ. Pozitiv yondashuv – iqtisodiy sub’ekt qabul qilgan qarorni ob’ektiv tahlil qilish va oqibatlarini bashoratlashni ko‘zda tutadi. Prozitiv yondashuv tadqiq qilinayotgan jarayonning sabab va oqibatlarini aniqlashga yordamlashadi. Normativ yondashuv – qarama – qarshi tadqiq qilinayotgan jarayonga nisbatan sub’ektiv baho berish bilan shug‘ullanadi. Tadqiq qilish natijasida amaliy taklif va tavsiyalar beradi. Iqtisodchilar foydalanadigan tadqiq qilishning eng asosiy usullaridan biri iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdir. Iqtisodiy model – iqtisodiyotni kichik bir ko‘rinishda yaqqol namoyon etuvchi bir ko‘rinishi, shakli hisoblanadi. Iqtisodiy model – iqtisodiyot haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘qligida yoki olish mumkin bo‘lmagan xolatlarda, iqtisodiyotni bashorat qilish, unga real baho berish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda modellarning umum qabul qilingan tasnifi yo‘q, lekin iqtisodiy model quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Mazmunan boyligi
2. Qabul qilingan qarorlarning haqiqiyligi
3. Ular (qarorlar) asosida muhim bashoratlarni qabul qilish imkonining mavjudligi.
4. Axborot ta’minotining mavjudligi
5. Tekshirish imkoniyatining mavjudligi


  1. Download 32.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling