Testlar
Iqtisodiyot nazariyasi quyidagi muammolarni xal etishga qaratilgan.
Kambag‘allar bo‘lmasligi uchun, ne’matlarni qanday taqsimlash muammosini;
Boylar bo‘lmasligi uchun, ne’matlarni qanday taqsimlash muammosini;
Ne’matlarning cheklanganligi muammosini;
Cheksiz ehtiyojlar muammosini.
2. Mikroiqtisodiyot o‘rganadi:
Iqtisodiy sub’ektning ratsional xatti-xarakatini;
Bozor narxining shakllanishini;
Resurslarni taqsimlash muammosini;
Yuqoridagilarni barchasi.
3. Qaysi ta’kid to‘g‘ri?
Sariyog‘ ishlab chiqarish qisqarsa, non ishlab chiqarish ortadi.
Sariyog‘ ishlab chiqarish non ishlab chiqarishdan yuqori bo‘lishi kerak.
Sariyog‘ va non ishlab chiqarish davlatning ehtiyojlariga mos kelishi kerak.
Sariyog‘ va non ishlab chiqarish iqtisodiy sub’ektlarning talablariga mos kelishi kerak.
4. “Doiraviy oqim” modeli o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Tovar-pul oqimini;
Ne’matlar, xizmatlar bozori va ishlab chiqarish omillari bozori oqimi;
Bozor narxlarining shakllanishi;
A va B to‘g‘ri.
5. Javoblarning qaysi biri “Mikroiqtisodiyot” fani mohiyatini aks ettiradi?
a. Cheklangan resurslar sharoitida cheksiz ehtiyojlarni to‘laqonli qondirishga qaratilgan ish yuritish va tahlil qilish masalalari Mikro-makroiqtisodiyot fanining predmeti hisoblanadi.
b. Mikro-makroiqtisodiyot har xil shaklda bo‘lgan korxona va tashkilotlar faoliyatini o‘rganadi.
c. Mikro-makroiqtisodiyot bevosita xo‘jalik amaliyotida qo‘llaniladigan tavsiyanomalarni ishlab chiqadi.
d. Mikro-makroiqtisodiyot bozor munosabatlarini o‘rganadi va tariflaydi.
e. Mikro-makroiqtisodiyot, iqtisodiyot sohasida nazariy tadqiqotlarni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |