Jamiyatdagi muammolarni hal etishda mikroiqtisodiyotning o‘rni tayanch tushuncha va iboralar


Download 32.44 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi32.44 Kb.
#1573935
  1   2   3   4   5
Bog'liq
topshiriq javoblari


JAMIYATDAGI MUAMMOLARNI HAL ETISHDA MIKROIQTISODIYOTNING O‘RNI

  1. Tayanch tushuncha va iboralar.

Iqtisodiy nazariya, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, pozitiv mikroiqtisodiyot, normativ miroiqtisodiyot, iqtisodiy model, resurslar, ehtiyojlar, kamyoblik, iqtisodiy talab, alternativ xarajatlar, iqtisodiy tahlil metodologiyasi.

  1. Muhokama uchun savollar

  1. Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda “Mikroiqtisodiyot” fanining roli qanday?

Javob: “Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mam­lakat xalq xo‘jaligining quyi bo‘g‘inidagi ob’ektlar faoliyatiga taal­luqli fan bo‘lganligi uchun u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarni ko‘paytirishni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy muammolarning tub mohiyati resurslarning cheklangan­ligi hamda inson ehtiyojlarining cheklanmaganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon iqtisodiyot nazariyasining predmetini belgilab beradi.
Iste’molchi o‘zining daromadlarini cheklanganligi sababli, istal­gan tovar va xizmatlarni sotib ola olmaydi. Firma o‘zi uchun muhim ustivor yo‘nalishlarni belgilab olib, boshqa yahshi loyihalardan voz kechishga majbur.
Makroqitisodiyot – umum iqtisodiy tizimni va uning yirik tarmoqlari faoliyatini o‘rganadi.
O‘rganish obyekti – MD, YaIM, iqtisodiy o‘sish va umumiy bandlik darajasi, iste’mol harajatlari, milliy jamg‘armalar va boshqa yirik ko‘rsatkichlarni o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot – alohida iqtisodiy subyektlar (iste’molchilar, ishchilar, investorlar, firmalar va boshqa) faoliyatini o‘rganadi.

  1. Mikroiqtisodiyot”fanining predmeti nimadan iborat?

Javob: Mikroiqtisodiyot fanining predmeti – bozor iqtisodiyoti sharoi­tida aniq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, narxlarning shakllanishi, resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlani­shi, iste’molchilarning tovar sotib olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarishi, sotishi va shu kabi boshqa jarayonlarni o‘rganish hisoblanadi.

  1. Mikroiqtisodiyot”fanining vazifalari va metodi nimalardan iborat?

Javob: Mikroiqtisodiyot fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmi

  • Resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar, korxonalar va uy xo‘ja­liklarining tutgan o‘rni

  • Raqobatlashuv va korxonalar samaradorligi

  • Ishlab chiqarish va uni tashkil etish kabilarni o‘rganish va ular­ni tahlil qilish.

Mikroiqtisodiyot fani barcha ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, iqtisodiyot nazariyasi, kichik biznes va tadbirkorlik, tarmoqlar iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, moliya va kredit, marketing va menejment, matematika, bank ishi va boshqalar. Mikroiqtisodiyot fani alohida shaxslar, uy xo‘jalik­lari, korxona, davlat va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning iqtisodiy hara­katlarini o‘rganadi va quyidagi usul (metod)lardan, ya’ni tahlil va sin­tez, monografik usul, iqtisodiy statistika usuli, hisoblash konstruktiv, tajribaviy usul, abstrakt mushohada usuli, matematik modellashtirish, induksiya va deduksiya usuli, optimallashtirish va muvozanatni aniq­lash usullaridan foydalanadi.


  1. Download 32.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling