Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida
-modda. Davlat organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi huquq va majburiyatlari
Download 83.69 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-474-сон 12.04.2018
16-modda. Davlat organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi huquq va majburiyatlari
Davlat organlari: jamoatchilik nazorati subyektlaridan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish to‘g‘risida va uning natijalari haqida axborot olishga; jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra tayyorlangan yakuniy hujjatlarda ko‘rsatilgan takliflar va tavsiyalarga nisbatan asoslantirilgan e’tirozlarini jamoatchilik nazorati subyektlariga yuborishga; o‘zi amalga oshirayotgan faoliyat ustidan jamoatchilik nazorati masalalariga doir axborotni o‘z rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida joylashtirishga; jamoatchilik nazoratini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli. Oldingi tahrirga qarang. Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat organlari: Oldingi tahrirga qarang. jamoatchilik nazorati subyektlariga jamoatchilik manfaatiga daxldor bo‘lgan o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda taqdim etishi; o‘ziga jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan yuborilgan murojaatlar va so‘rovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqishi, murojaatlarga va so‘ralayotgan axborotga javoblar taqdim etishi, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar yoxud topshirilishi jamoat tartibiga va fuqarolarning hayotiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar mustasno; (16-moddaning uchinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan yuborilgan takliflar va tavsiyalarni, shuningdek yakuniy hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Davlat organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. (16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 83.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling