Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida
-modda. Jamoatchilik nazoratining obyekti
Download 83.69 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-474-сон 12.04.2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-modda. Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari
- 6-modda. Jamoatchilik nazoratining shakllari
4-modda. Jamoatchilik nazoratining obyekti
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining: qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga; Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini ta’minlashga; (4-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga; davlat xizmatlarini ko‘rsatishga; ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obyektidir. 5-modda. Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi; jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi; jamoatchilik nazorati subyektlarining xolisligi va beg‘arazligi; jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi; jamoatchilik nazorati subyektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi. 6-modda. Jamoatchilik nazoratining shakllari Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar; davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish; jamoatchilik muhokamasi; jamoatchilik eshituvi; jamoatchilik monitoringi; jamoatchilik ekspertizasi; jamoatchilik fikrini o‘rganish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish. Oldingi tahrirga qarang. Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. (6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 83.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling