Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida


-modda. Jamoatchilik ekspertizasi


Download 83.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana24.12.2022
Hajmi83.69 Kb.
#1058204
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘RQ-474-сон 12.04.2018

12-modda. Jamoatchilik ekspertizasi
Jamoatchilik ekspertizasi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari
loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat


manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni o‘rganish hamda baholashdan iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoatchilik ekspertizasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda o‘tkazishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrdagi O‘RQ-409-son “O‘simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasining 2016-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-408-son “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-
dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 
27-moddasi
.
Jamoatchilik ekspertizasining tashkilotchisi tegishli sohada zarur bilim va tajribaga ega
bo‘lgan mutaxassislarni jamoatchilik asosida jalb etishi ham mumkin.
13-modda. Jamoatchilik fikrini o‘rganish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoatchilik fikrini o‘rganish turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
to‘g‘risidagi, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining qonunchilik talablariga rioya
etishiga, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat
manfaatlarini ta’minlashga doir faoliyati to‘g‘risidagi fikrini baholash maqsadida axborotni yig‘ish,
umumlashtirish hamda tahlil etishdan iboratdir.
Jamoatchilik fikrini o‘rganishni nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq o‘tkazishi mumkin.
(13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 83.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling