Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida


Download 83.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana24.12.2022
Hajmi83.69 Kb.
#1058204
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘RQ-474-сон 12.04.2018



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
JAMOATCHILIK NAZORATI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-
noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda
ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari (bundan buyon matnda davlat
organlari deb yuritiladi) faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga
oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik
Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
Qonunchilikda kasaba uyushmalari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning
o‘ziga xos xususiyatlari belgilanishi mumkin.
Referendumlarga, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish, shuningdek mudofaa,
jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, sud
ishlarini yuritish, jazolarni ijro etish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish alohida
qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi),
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda
ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati
subyektlaridir.
Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy
tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
(3-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3837-son qarori bilan
tasdiqlangan Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy 
nizom
.

Download 83.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling