Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida
-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari
Download 83.69 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-474-сон 12.04.2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlarining huquq va majburiyatlari
14-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari
mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish Fuqarolar yig‘ini: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini; ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining, joylardagi ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini; tegishincha oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining axborotini; tegishli hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga doir hisobotlarini eshitadi. 15-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlarining huquq va majburiyatlari Jamoatchilik nazorati subyektlari: jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotganda tadbirlar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga, ularni tashkil etishga, shuningdek ularda ishtirok etishga; Oldingi tahrirga qarang. jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni qonunchilikka muvofiq davlat organlaridan so‘rab olishga; (15-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra takliflar va tavsiyalar tayyorlashga hamda ularni tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborishga; fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishga; davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga; jamoatchilik nazorati natijalarini e’lon qilishga haqlidir. Oldingi tahrirga qarang. Jamoatchilik nazorati subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Jamoatchilik nazorati subyektlari: Oldingi tahrirga qarang. jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; (15-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) qonunda belgilangan, davlat organlarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishi; davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi; davlat organlarining faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining faoliyati uchun to‘siqlar yaratmasligi; fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligi; jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Jamoatchilik nazorati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. (15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 83.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling