Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 226
Jannati odamlar
225 – Voy, bobojon, yig‘layapsizmi? – dedim sho- shilib. Ko‘zimni yumib o‘tirgandim-da, shuning uchun ko‘rmay qolgan ekanman. – Ha, yig‘layapman, o‘g‘lim. – Yig‘lamang, unda menam yig‘layman. – Tog‘alaringni eslab ketdim. Ho‘ anavi novcha o‘sgan yong‘oqning niholchasini ekayotganimda rahmatli katta tog‘ang ushlab turuvdi, nazarimda endi daraxtga aylanib, ikkovimizga tikilib turgan- day. Otajon, mana men o‘lganim yo‘q, bo‘yim ham hammanikidan baland, mevamni yeganlar meni duo qilishyapti, deyotganday. – Bobojon, yig‘lamang, jon bobojon, – deb yolvordim, – mana men o‘lganim yo‘q-ku, yonin- gizda turibman-ku, bog‘bon bo‘laman dedim-ku. O‘rnimdan turib bobojonimni achomlab, bet- laridan, soqollaridan o‘pa boshladim. Enam ko‘p yig‘laydiyu, uni yupatishim oson bo‘ladi, bo‘yniga osilib, ozgina yolvorsam, yupanadi qoladi. Bobo- jonimning bo‘lsa yig‘laganini kam ko‘rganman. Shuning uchun qanday yupatishniyam bilmayman. Nima qilsam ekan, mana soqoliniyam tarayapman, sochi yo‘q boshiniyam silayapman, yuzlaridan ham o‘payapman. – Bobojon, men ham qiziq-qiziq narsalar aytib beraymi? – deb so‘radim oxiri betini hovuchimga olib, yuzini yuzimga qaratib. – Ayt, î‘g‘lim, ayt, – dedi bobom xo‘rsinib. – O‘tgan yili daraxtlar gullaganda bog‘ni aylantirib aytuvdingiz-ku, hammasi esimda turibdi. – Qani ayt-chi, o‘g‘lim. – Mana bodom hamma daraxtdan oldin gul chiqarib, keyin barg chiqaradi. Esimdamikan? Xudoyberdi To‘xtaboyev 226 – Ha, esingda ekan, o‘g‘lim. – Bodomdan keyin gilos gullaydi. Uyam oldin gullab, keyin barg chiqaradi. Guli bilan bargi barobar chiqsa, mevasi mayda bo‘p qoladi. Oq o‘rik erta gullaydi. Kechpishar o‘rik bir vaqtda ham barg chiqaradi, ham gul chiqaradi. Bilarkanmanmi? – Barakalla, o‘g‘lim, barakalla. – Behi bilan anor oldin barg chiqarib, gulga navbatni keyin beradi. Ular kech pishadi-da. Shuning uchun hech shoshmaydi. Qaysi meva erta pishsa, o‘shaning guli bargidan oldin ochiladi. Barg chiqquncha g‘o‘ramizni tugib olaylik, bo‘lmasa bizga ovqat yetmay qoladi, deyisharkan... Yon- g‘oqning guli bir qarich bo‘lib osilib chiqadi. Anjir gullamasdan ham meva qilaverarkan, o‘zingiz shunday degansiz. – Azamat o‘g‘lim-ey, hammasi yodingda ekan, barakalla. – Bobojon, endi yig‘lamaysizmi? – Bo‘ldi, o‘g‘lim, endi hech yig‘lamayman, o‘rinbosarim bor ekan. Xudo xohlasa, zo‘r bog‘bon bo‘lasan, endi ikkovimiz ham savobning tagida qolamiz. – Bobojon, Eshon bobom, sen Xudo xohlasa, machitga imom bo‘lasan, devdilar-ku, endi qaysi birini qilaman? – Ikkoviniyam qilaverasan, o‘g‘lim. Kunduzi bog‘dayu kechqurun machitda bo‘lasan. Ikkoviyam savob, rahmat ustiga rahmat yog‘iladi... Kel bir achomlashaylik. Mehrim tovlanib ketdi, Xudoga shukr, ming qatla shukr, o‘rinbo- sarim, bog‘larimning kichkina bog‘boni... Bobojo- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling