Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 229
ESHON BOBOM YANA QOCHIB
KELDILAR E ndi hammasini bir boshdan aytaman, xo‘pmi. Bo‘lmasa adashib ketaman. Enajonim gap boshlash- dan oldin «Bismilloh» deb olgin deb o‘rgatardi, shunday qilsa shayton og‘izga kirib olmas ekan. Jannati odamlar 229 Shayton juda yomon, og‘ziga kirib olsa bolalarni gapidan adashtirib yuborarkan. Eshon bobomni qamoqdan ozod qilish uchun î‘lib qolgan cho‘chqa bolalari o‘rniga, aytuvdim-ku, bobojonlar ko‘p qo‘y haydab ketishdi deb, o‘sha qo‘ylarni tuman markaziga yetkazib borguncha rosa qiynalishibdi: qochib ketaverishibdi, haydab kelishsa yana qochib ketisharmish. Oxiri Ahmadqul bobom, o‘zi shu bobomning esi juda ko‘p-da, eshagidan tushib bitta qo‘yning bo‘yniga belbog‘ini bog‘lab, yetaklab olibdi. Keyin boshqa qo‘ylar, bo‘pti, cho‘chqaning o‘rniga bizni so‘yishsa, so‘yisha qolsin deyishib, o‘sha qo‘yning ortidan ma’rashib, boshlarini egib, ketishaveribdi. Eh, borganlaridan keyin Eshon bobomni qamagan katta boshliq, shunaqa xursand bo‘ptiki, shunaqa sevinibdiki, kaftlarini bir-biriga mana bunday qilib ishqab, o‘ boboylar, zap ish qilibsizlarda, ofarin, ofarin, kazarmadagi askarlarga go‘sht yo‘q edi, mazza qilishadi endi, debdi. Rost, xuddi shunday debdi. Ishonmasangiz, Murod- xondan, Hayitvoy o‘rtog‘imdan so‘rang. Biz bu gaplarni Ahmadqul bobomnikida, derazaning orqasida poylab turib eshitdik. Keyin o‘sha g‘archi bor chiroyli etik kiyib olgan boshliq, iya, nega qo‘yni to‘qqizta olib keldilaring, yana bitta qo‘sh- salaring o‘nta bo‘lardi, juft bo‘lardi, juft narsani xosiyati ko‘p debdi. Eshonqul bobom: – E bolam, tashvish tortma, qo‘yning o‘rniga mana bu Ahmadqulning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab berib ketamiz, – debdi. Eng katta boshliq xaxolab kulib yuboribdi. Keyin cholbobolar, endi bolam, Eshon hazratlarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling