Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 245
Xudoyberdi To‘xtaboyev
244 – Òàê. – Ota-bobomizdan qolgan nodir mevalar edi, yaxshi bolam. – Òàê. – Shunaqangi shirin-shakar mevalarki, xuddi jannatning o‘zi edi. – Òàê. – Tirikchiligimiz ham shu bog‘lar tufayli o‘tib turibdi, yaxshi yigit. – Òàê. – Paxtaga boshqa yer qurib ketmagandir axir? – Òàê. – Hech bo‘lmasa Dehqon shapkaning xatini o‘qigin. – Òàê. – Bog‘ni buzsalaring, ustimizdan o‘t qoyamiz. – Òàê. – E, menga qara, – debdi oxiri Ahmadqul bobomning jahli chiqib.– Nega hadeb tak-tak dey- san, men senga otmanmi? Oyog‘imni taqalatgani kelibmanmi? – Òàê, – debdi yana bosh tanobchi. Keyin bilishsa, shu tak-tak amaki o‘zbekchani bilmas ekan. Boshqa odamni chaqirishibdi. Hamma gapni o‘sha aytib beribdi. Tak-tak amaki bu mening qo‘limdan kelmaydi deb, bosh chayqabdi. Chol bobomlar, e bolam, qo‘lingdan kelguncha idorangda o‘tiraveramiz, deyishibdi. Rostdan ham o‘tiraveri- shibdi, o‘tiraverishibdi. Namozlari qazo bo‘lsa ham o‘tiravcrishibdi. Oxiri tak-tak amaki, ha mayli, ijroqo‘mga xat qilib beraman, bir ilojini qilar, debdi. – Bog‘ buzilmaydimi? – shoshilib so‘rabdi Ahmadqul bobom. Jannati odamlar 245 – Ha, buzilmaydi, – degan javob bo‘libdi. – Gap degan mana bunday bo‘pti, umring uzoq bo‘lsin, î‘g‘lim. Shunaqa xursand bo‘lishibdiki, shunaqa sevi- nishibdiki, Esonqul bobom yig‘labdi, Qambarali bobom bu dunyoda yaxshi odamlar ko‘p, debdi. Shodmon bobom Xudo xohlasa buqa so‘yib, yurtga xudoyi osh tortaman, debdi. Eshaklari ham xursand bo‘libdi. U yoqqa mayda qadam bo‘lib, sekin-sekin yurib borgan ekan, bu yoqqa tumshuqlarini oldinga cho‘zib, quloqlarini dikkaytirib, kim o‘zarga chopib kelibdi. Hammasidan ham Ahmadqul bobomning êî‘ê eshagi yaxshi chopibdi. Kelishsa, xayriyat, men tizzasini tishlab olgan ijroqo‘m amaki idorasida qatiq ichib o‘tirgan ekan. Xatni o‘qib qoshlarini mana bunday jiyirib, pakana melisaga bu amaki- laringni tezdan idorangga olib kir debdi. Olib kirgan ekan, endi ustilaridan qulflab qo‘y debdi. Qulflagan ekan, o‘zi derazadagi temir panjara qarshisiga kelib, bitta qo‘lini mana bunday qilib beliga tirab, haligi xatni o‘qibdi. «O‘rtoq Marufxo‘ja Eshonqulov, ushbuni olib borgan chollar davlatimizning paxta siyosatiga qarshi teskari tashviqot qilib yurgan yot unsurlar hisoblanadi. Eslarini yig‘ib olguncha qamab qo‘yishingizni maslahat beraman». – Eshitdilaringmi? – so‘rabdi ijroqo‘m amaki. – Hazilingni qo‘y, – deyishibdi bobolar. Hazil emas, chin ekan. Nega desangiz kutisha- veribdi, kutishaveribdi. Qorong‘i tushguncha ham hech kim kelib eshikni ochmabdi. Endi hammalari bechora Ahmadqul bobomni xafa qilishibdi. Sen gapga chechan bo‘lmay o‘lgur, gapiraverding, gapiraverding, mana, boshimiz ba- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling