Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 237
Xudoyberdi To‘xtaboyev
236 Uyga kirganimizdan keyin juda g‘alati bo‘ldi. Bir-birlari bilan hech gaplashishmadi. O‘zimning bobom, obbo pirim-ey, desa, Eshon bobom obbo Erkavoyey dedilar, xolos. Ha, bildim, mendan gap- larini yashirishmoqchi, ko‘chaga chiqib, o‘rtoqlariga aytib beradi deb, qo‘rqishayotgandir-da. Aytmas- dim, har narsa bo‘lay, cho‘yan soqqa beraman deyishsa ham aytmasdim. Boshimni tanchaga qo‘yib turaverdim, turaverdim. Oxiri uyqum kelmasa ham ataylab, enajon, yotaman, uyqum kelyapti, dedim o‘zimni uyqusiraganga solib. Yo‘q, aytdim-ku, uyqum kelmagan edi deb, ovozimni ataylab shunaqa chiqardim. Enajonim, katta uyimizning narigi chekkasiga joy solib berdi. Qulog‘imni bobojonim tomonga to‘g‘rilab, jim yotaverdim. Avval pichirlashib gaplashishdi, keyin ovozlarini sal baland qilishdi, oxirida qattiq-qattiq so‘zlashishdi... E, yaxshi bo‘pti, judayam zo‘r bo‘pti. Eshon bobomni etigida g‘archi bor eng katta boshliqning o‘zi qochiribdi. – Yo‘g‘-e! – dedi o‘zimning bobom. – Xudo shohid, – dedilar Eshon bobom, – kecha o‘zi oldimga kirib qorovul bolalarni urishib bergan bo‘ldi, nega taglariga yumshoqroq ko‘rpa to‘shab bermadilaring, nega issiq ovqat bermayapsizlar, degan gaplarni aytdi. Keyin menga yaqinroq kelib, hazratim, sabr qiling, bir ilojini qiladiganga o‘xshaymiz, deb shivirladi. – Ikromovning o‘zi shu gaplarni aytdimi? – endi ovozini pastlatib so‘radi bobojonim. – Xudo shohid, shunday dedi. – Yaxshi odam ekan. Jannati odamlar 237 – E, Erkavoy, melisa-melisa deymizu ularning orasida ham dini imonli, musulmon yigitlar ko‘p ekan. Hay-hay, hammasi aslida yaratgan egamdan, hammasi Bahovuddin pirimdan. Mana, yorug‘ dunyoga chiqib o‘tiribmiz. Kechki taomni haligi otliq yigit olib kirdi. Qorong‘u tushishi bilan hojatxonaga boring, ko‘cha tomonning guvalasi bo‘sh, to‘rttasini tushirasiz, deydi-ya. Yo‘q, bolam, oyoq qurg‘ir shol, uzoqqa yurolmayman desam, o‘zim aytgan jo‘yingizga olib borib qo‘yaman, deydi- ya! E xudoyim, e yaratgan Egam, o‘zingga – shukronalar bo‘lsin... Ostidagi ot emas, uchqur tulpor ekan, uchirib keldi-ya. Tezroq tog‘ ichkarisiga keting, o‘sha yoqlar hali musulmon obod deydi-ya. E, Erkavoy, yaxshi odamlar ko‘p bu dunyoda. Eshon bobomni tog‘dagi qishloqlarga qochirish haqida maslahat qila boshlashdi. «Lakkon» degan tojik qishloqda, «Botkon» degan qirg‘iz qishloqda o‘zimning bobomning qarindoshlari ko‘p ekan. Aslida-chi, bobojonimning eng katta bobolari o‘sha yoqda yashab, keyin o‘lishgan ekan. Yozda bor- ganmiz, o‘nk, noklar yeganmiz. U yerda-chi, te- girmonlar ham juda êî‘ð. Bittasidan un chiqsa, biitasidan yog‘ chiqadi. O‘zimning bobojonim eshagimizni to‘qimlagani kirib ketdi. Enam jun xurjunimizga mayiz, tut tolqon, jizzali nonlar sola boshladi, qarindosh- larimga olib boring deb yong‘oq, anor ham berdi. – Yozda Rahmonberdiga to‘y qilsak albatta kelasiz, – dedi enajonim. – Xudo xohlasa, – dedilar Eshon bobom. Keyin ikkovlari tashqariga chiqib ketishdi. Eshagimizning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling