Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOG‘LARIMIZ YONA BOSHLADI O‘
- Jannati odamlar 253
Xudoyberdi To‘xtaboyev
252 bongga o‘xshab bir-biridan go‘zal imoratlar qurasan, uxla endi azamatim. – Voy, enajon, hammasini qilolmayman-ku! – Navbati bilan qilasan-da. – Imoratga mix ko‘p ketadimi? – Ha, juda ko‘p ketadi. – Mixni nimadan qilishadi. – Uxla deyapman. BOG‘LARIMIZ YONA BOSHLADI O‘ sha kundan buyon har kuni otliq amakilar kelishadi. Uyma-uy yurishadi, bog‘larimizni g‘al- takka o‘ralgan ip bilan o‘lchab, Erka cholniki uch tanob, Ahmadqul boboyniki to‘rt tanob deb, qalin- qalin daftarlarga yozishadida: – Bugundan qolmay ko‘chasizlar, – degan gaplarni aytishardi. – Tirik bo‘lsak ko‘chmaymiz, – deyishadi bobojonlar. – Hukumatga qarshi bo‘lsangiz qamalasiz, – deydi boshliqlar. – E manqa, sen hukumat emassan-ku, – deydi Ahmadqul bobom. O‘sha, sen manqa, hukumat emassan-ku, degan kuni kechqurun Ahmadqul bobomni qamoqqa olib ketishdi. Teskari tashviqot yurg‘izgan ekan. O‘g‘illari, qizlari, Hayitvoy o‘rtog‘im – hammalari yig‘lashdi. O‘zimning enam ham yig‘ladi, faqat bobojonim yig‘lamay, ko‘zini yumib jim yotaverdi. Ertalab tursak, yo‘q, azon vaqti edi, bobom o‘rnidan turolmagani uchun o‘tirib namoz o‘qiyotuvdi, enam o‘choqqa o‘t qalab bo‘lib sigirimizni soqqani kirib Jannati odamlar 253 ketuvdi, o‘zim turgani erinib, bugun namoz o‘qi- mayman, ertaga ko‘proq o‘qirman deb, ko‘rpadan boshimni chiqarib yotuvdim. Juda ko‘p otlarning tuyoq tovushi eshitilib, ko‘cha tomon tapir-tapir bo‘lib ketdi. Oyim qish- loqdagi kazarmada askarlar turishadi-da, o‘shalar bo‘lsa kerak deb, juda-juda ko‘rgim kelib ko‘chaga qarab yugurmoqchi bo‘luvdim, bobo- jonim: – Yer zax, oyog‘ingga kavushingni ilib ol, – dedi. – Ilsam kechga qolaman, – deb oyoqyalang yugurdim. Rost, askar akalar ekan. Bo‘rihovuz tomonga burilishayotganini êî‘rib qoldim. – Tinchlikmi? – deb so‘radi bobojonim. – Askarlar keldi, – dedim sevinib. – E, attang, – bobojonim boshini chayqab- chayqab oldi, – yaxshilik belgisi emas bu, bolam. – Nega, urush bo‘ladimi? – Qaytaga urush bo‘lgani yaxshi edi. – Nafasingizni issiq qiling, – urushib berdi bobomni enajonim. Birpasdan keyin mashinalarning bit-bit deb signal chalgani, traktorlarning tarillagani eshitila – boshladi. Nonushta qilgim kelmadi. O‘sha yoqqa borgim kelaverdi. Yo‘q, keyin borsam ham bo‘lardiyu mendan oldin Hayitvoymi, Murodjonmi borishsa, biz sendan oldin keldik, hammasini sendan oldin ko‘rganmiz, deb maqtanishadi-da, shuning uchun nonushta qilgim kelmadi. – Bobojon, mollarni optovchuvoqqa olib chiqib bog‘laymi? – deb so‘radim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling