Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- ENAJONIM AYTGAN ERTAK – E
- Jannati odamlar 249
Xudoyberdi To‘xtaboyev
248 – Aylanaylar, o‘zim o‘rgatib turaman, – deb javob qaytardi enajonim. – Men qattiqroq nola qilsam nokdan ikkita berasizmi? – so‘radi Dilijon o‘rtog‘im. – Beraman, arslonim, hammalaringga beraman. Enajonim o‘rgatib turdi, hammamiz tuynuk tomonga bo‘ynimizni cho‘zib nola qila boshladik: – E Xudo, bog‘imizni î‘zing asra. – E Xudo, zolimning zulmini daf qil. – E Xudo, mevalarimiz jannatdan chiqqan, o‘zing himoya qil. – E Xudo, biz sag‘irlarni shirin-shakar uzum- lardan mahrum qilma. – E Xudo, katta amakilarga, rahbarlarga insof ber. – E Xudo, o‘zimning bobojonim tezroq tuzalib qolsin. Charchab qolguncha bir-birimizga qiziqishib nola qilaverdik. Hayitvoy o‘rtog‘im yong‘oqni ko‘p olaman deb boshini mo‘rining ichkarirog‘iga tiqib baqirdi, hammayog‘i qorakuya bo‘lib ketdi. Sanam buvi bilan puchuq Dilbarxon pichirlab nola qilishdi... Keyin enajonim hammamizning cho‘n- tagimizni to‘ldirib o‘rik, yong‘oqlardan solib berdi. Rosa mazza qildik. ENAJONIM AYTGAN ERTAK – E najon, baribir, Vatan deganingizga tushun- madim. – Katta bo‘lganingda tushunasan, î‘g‘lim. – Voy, kecha, sen endi katta yigit bo‘p qoiding, dedingiz-ku! Jannati odamlar 249 – Uxla, arslonim. – Uyqum kelmayapti, ko‘zimni yumsam aji- nalar ko‘rinadi. – Vatan... shu qishlog‘imiz-da, azamatim... – Yo‘q; aldayapsiz. Olim tog‘am bilan Odil tog‘amlarni Vatan yo‘lida shahid bo‘ldi, dedingiz- ku. – Ha, aytganman. – Yana ayting! – Uxla deyapman. Uxlamayman, aytmasangiz, sigir soqqaningizda buzoqchani ushlab turmayman, o‘chog‘ingizni kulini ham olmayman, bildingizmi! – Xo‘p, ertak aytay bo‘lmasa, baribir, sendan qutulib bo‘lmaydi shekilli, arslonim, faqat gap qo‘shmay turasan. – Gapirmasam, uxlab qolaman-da. – Bir bor ekan, bir yo‘q ekan... Qo‘lingni biqinimdan ol î‘g‘lim, qitig‘im kelyapti... Qadim- qadim zamonda bir podsho yashagan ekan, gulni yaxshi ko‘rarkan, dunyoning qaysi burchagida chiroyli gul bor deb eshitsa, darhol ko‘chatidan oldirib kelib gulzorga o‘tqazar ekan, gulzori shunday katta ekanki, ming tanobdan ham ko‘p ekan, gulzorlar orasidagi ariqlardan sharaqlab zilol suvlar oqib yotarkan, podsho gulni qancha sevsa qushlarni ham shuncha yaxshi ko‘rarkan. Olamdagi barcha go‘zal qushlardan namuna keltirilgan ekan. Bog‘ bamisoli jannatdek bo‘lgan ekan, zilol suvlar- ning shildirab oqishi, qiyg‘os ochilgan gullarning shabbodada mayin tebranishi, sayroqi qushlarning yoqimli ovozi bog‘ning fayzi-tarovatini oshirarkan... Poshshoning bir suyukli xotini bo‘larkan, Malika |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling