Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 243
Xudoyberdi To‘xtaboyev
242 kim uxlamadi. Biz ham uxlamadik. Yo‘q, men jindek uxladimu baribir uyg‘onib ketdim. Qarasam, enajonim yo‘q, so‘rasam, Qashqar qishloqqa Istalin boboning suratini axtarib ketgan ekan... Eh, juda qiziq bo‘ldi-da. Hammaning ko‘cha eshigiga Istalin boboning suratini yopishtirib chiqdik. Esi yo‘q bobolar yirtib qo‘ymasin deb, sal balandroqqa yopishtirdik. Biz yelim solingan kosachalarni ushlab turdik, Sultonaliga o‘xshagan novcharoq akalar bismillohir rahmonir rahim deb yopishtirishdi. Hayitvoy o‘rtog‘im bo‘lsa o‘sha kosachadagi yelim- dan yashirib ikki marta yalab olgan ekan, ancha- gacha labi ochilmay im-imm deb yurdi. Kechasi yana ham qiziq bo‘ldi. Biznikida, soy ko‘chadagi Savri xolamnikida enajonimlar to‘p- lanishib: Har kim aytsa bir soat Duo bo‘lgay ijobat. Lo iloha illoanta Lo iloha illoanta, – degan duolarni o‘qib, «Mushkulkushod» o‘qishdi. Mushkulkushod o‘qiganda-chi, aziz avliyolar shoshilib yordamga keladi, bildingizmi? Ishingiz yurishib ketadi. Zolimlar yo‘q bo‘ladi, dilingiz rav- shan bo‘ladi. Ho‘ yozda, uzumimiz sotilmay qolgan- da enajonim mushkulkushod o‘qituvdi, ertasiga Qo‘qondan o‘zbekcha gapiradigan armani amakilar kelib bir xurjun qizil pul berib uzumimizning hammasini sotib olishgan. Bobojonimning dili ravshan bo‘lib, yanagi yilga ham kelinglar degan. Aytuvdim-ku, do‘xtirimiz Dehqon shapka amaki juda aqlli deb. Ahmadqul bobomdan ham, Jannati odamlar 243 o‘zimning bobomdan ham aqli ko‘p uni. Aqlim osmonga uchib ketmasin deb doim boshiga shapka kiyib yuradi. Ana shu amaki tumandagi hamma yerlarning, hamma bog‘larning, ariqlardagi hamma suvlarning boshlig‘ini bilarkan. Bosh tanobchi ekan o‘sha odam. Kechasi uxlamay uning nomiga xat yozib berib, Xudo xohlasa bog‘laring buzilmaydi, debdi. – Xatni men olib borolmayman, – dedi bobojon sal-pal yig‘lamsiragandek bo‘lib, – ikki oyog‘im tengdan yo‘q bo‘p qoldi, o‘rnimdan turolmayman. – Kim olib boradi bo‘lmasa? – achchig‘i chiqib so‘radi Ahmadqul bobom. – O‘zing borasan, o‘rtoq. – Hammasiga meni yugurtiraberar ekan- sizlar-da. – Gapga chechansan, oyog‘ing yengil. – Uh, – shunday deb Ahmadqul bobom chiqib ketdi. Endi u yog‘i yana chatoq bo‘pti. Matmusa bobom ham borolmayman, qo‘sh ot qo‘shilgan izvoshda yuradigan rahbar o‘g‘limga gap tegib qoladi, debdi. Xayriyat, Esonqul bobom darrov ko‘nibdi. Qambarali bobom bo‘lsa eshagim yo‘q, eshak topib bersalaring, boraveraman-da, deb oxiri, to‘rtta bobojon yo‘lga tushishibdi. O‘sha bosh tanobchi idorasida istakanda choy ichayotgan ekan: – Nu? – debdi. – Bog‘imiz to‘g‘risida keldik, – deyishibdi bobojonlar. – Òàê, – debdi bosh tanobchi choy ho‘plab. Keyin o‘rtalarida mana bunday suhbat ham bo‘lib o‘tibdi: – Mevali bog‘ni buzish gunoh-ku, o‘g‘lim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling