Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 222
Jannati odamlar
221 Yana ham chuqurroq ag‘darib chopgan ekan, xumcha yana topilmabdiyu, uzum shunaqa mo‘l bo‘ptiki, bahorgacha sotib ado qilolmabdi, yana sandiqlari pulga to‘libdi. Bir keksa bobodan otasining sirli vasiyati haqida so‘ragan ekan, e, o‘g‘lim, otang rahmatli tokning tagiga tillo ko‘m- magan, tillo ko‘mganman desam, o‘g‘lim ag‘darib- chopadi, uzum mo‘l bo‘ladi, sotib pulini ko‘paytirib xumchasini tilloga to‘ldiradi, deb o‘ylagan. Mana, sandig‘ing to‘la pul bo‘ldi-ku, debdi. To‘g‘ri aytasiz, bobo debdi yigit, ikki yildan buyon juda boyib ketdim. O‘sha yigit otasi shu vasiyatni qilgani uchun mamnun bo‘lib, iloyo otaginamning joyi jannatda bo‘lsin, deb har kuni duo qilarkan. Bobojonim ertakni aytib bo‘lib: – Qalay, yaxshimikan? – deb so‘radi. Men ikkovi ko‘zimniyam yumib oluvdim-da, shuning uchun yaxshimi, yomonmi, bilolmayo- tuvdim. – Bobojon, yana ham ag‘darib chopganda tillo chiqarmidi? – deb so‘radim. – Yo‘q, tokning tagida tillo bo‘lmagan ekan. Hecham bo‘lmagan ekan. Ag‘darib chopganda juda pastdagi nafasi qisilib yotgan tomirchalarga havo yaxshi borarkan, ozuqaga ham, suvga ham yaxshi to‘yarkan-da, tilloning o‘rniga shira jo‘na- tarkan. Bobojonim ana shularni aytgandan keyin, bor endi azamat o‘g‘lim, enang choy qaynatib qo‘ygandir, meva-chevalardan ham qo‘shib olib kelgin, bir choylashib olaylik, keyin yana bittadan ko‘zimizni yumib ertak aytishaveramiz, dedi. O‘zi men bitta ertak eshitganimdan keyin yana tag‘in eshitgim kelaveradi, uyqum kelguncha eshitaver- Xudoyberdi To‘xtaboyev 222 sam deyman. Qumg‘onga choy olib keldim, o‘rik, mayiz, chaqilgan yong‘oq olib keldim. Ko‘knori xalta esimdan chiqib qolgan ekan, yana borib keldim. Bobom men tergan tokpillalarning ustiga o‘tirib, tushlik qilayotganda tokqaychi bilan birpas ishlovdim, shu qaychi juda rasvo ekan, o‘ng qo‘limni qisib oldim, qon chiqib ketay dedi. Bobom, yig‘lama, o‘g‘lim, senda ayb yo‘q, shu qaychini yasagan ustada, bozorga borganimizda oldiga kirib, uni bir urishib qo‘yaman, devdi, shundan keyin og‘riq sal bosilganday bo‘ldi. Ko‘karib turgan jo‘yini ikki marta o‘pgan edi, endi og‘riq butunlay yo‘q bo‘lib qoldi. – Ketaman, – dedim o‘rnimdan turib. – Qayoqqa borasan, o‘g‘lim, – so‘radi bobom, – sen ketsang, men zerikib qolaman-ku. – Baribir yaxshi ertak bilmas ekansiz, sizdan enam yaxshi, ertakni ko‘p biladi. Hovliga borsam, enajonim kir yuvayotgan ekan, meni ko‘rib juda xursand bo‘ldi. Azamat o‘g‘lim, yordamchi o‘g‘lim, deb erkalab og‘ilxonadan tappi olib chiqib kir qozonning tagiga qalagin, axir sen olov yoqishni yaxshi bilasan-ku, dedi. Hecham-da, men tarasha o‘tinni yaxshi ko‘raman. Tappi yonmay tutab turaveradi, tutuni ko‘zimni achitadi-da, keyin uni tepgim kelaveradi. Enamga kasal bo‘p ketyap- man, dedim-da, endi yana bobomning oldiga qarab yugurib bordim. Bobojonim tushlikni qilib, ko‘k- noridan ko‘p ichib, chordona qurgancha boshini tizzasiga osiltirib, farishtalar bilan suhbatlashib o‘tirgan ekan. Rostdanam ko‘knori ichgandan keyin hamma bobolar ham ko‘zini yumib, boshini osiltirib, farishtalar bilan suhbat qurishadi. Ahmadqul |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling