Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 65
Xudoyberdi To‘xtaboyev
64 lan, huzur-halovat ko‘r, lekin isrof qilma, hadding- dan oshma, degan. – Bobojon, siz xudoning gapini eshitganmisiz? – deb so‘radim shoshilib. – Yo‘q, menga qalin kitoblardan o‘qib berish- gan, Eshonbuva o‘qib bergan. Yur, endi qopqon- ning unisiniyam qo‘yaylik. – Baribir bo‘rsiqlarga achinib ketyapman, – dedim yurgim kelmay, – hech bo‘lmasa mana shu temir qoziqchani yulib tashlaylik. – E, bolam-ey, qoziqcha bo‘lmasa, bo‘rsiq qopqonni iniga sudrab ketadi-ku! Qani, yura qol, – shunday deb Ahmadqul bobom xurjunni yana yelkasiga oldi. Jar yoqalab endi kunchiqar tomonga yura boshladik. Juda ko‘p yurdik. Men oyog‘im sirg‘alib ikki marta yiqilib tushdim. Axiyri yana bir joyda to‘xtab, qopqonchaning unisiniyam, bunisiniyam qo‘yib, olov yoqqan joyimizga kelgan edik, eshagim yechilib ketib, o‘zim ketaversammi yo ketmasammi, deb bizga qarab turgan ekan. – Bobojon, – dedim o‘pkam to‘lib. – Yig‘lagim kelyapti. – Nega endi, azamat, ishimiz o‘ngidan kelyapti- ku?! – Bo‘lmasa, qopqonchalarni qaytarib olib ketaylik, onasi ilinsa bolalari yig‘laydi-da. Menam har kuni buvijonimni sog‘inib yig‘layman. Jon bobojon, qopqonlarni olib keta qolaylik. – Kuyinma, azamat, ehtimol urg‘ochisi emas, erkagi ilinar. – Erkagi ilinsa ham baribir so‘yamizmi? – Ko‘ramiz-da, o‘g‘lim. Jannati odamlar 65 – Yog‘idan jinday olib, keyin qo‘yib yuborsa ham bo‘ladi-ku, to‘g‘rimi, bobojon? – Haq gapni aytyapsan, î‘g‘lim. – Shunday qilasiz-a? – Shunday qilamiz. – Aldasangiz, pichog‘ingizni olib berkitib qo‘yaman, hecham topolmaysiz. Keyin damini olib kuch to‘plab o‘lgan eshagimga mindik-da, qishloqqa jo‘nab ketdik. Uyga yetguncha, ey Xudo, bo‘rsiq iloyo ilin- masin, iloyo ilinmasin, deya pichirlab keldim. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling