Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 61
Xudoyberdi To‘xtaboyev
60 – Keyin nima bo‘ldi? – shoshilib so‘radim. – Keyin terisini shilib oldik. – Mana shu pichog‘ingiz bilanmi? – Yo‘q, unda boshqa pichog‘im bor edi. – Keyin-chi? – Obbo o‘g‘lim-ey, bobong aytganday, juda sergap ekansan-da. – O‘zingiz ham sergap ekansiz, – dedim achchig‘im chiqib, – nega yomon narsani menga aytdingiz, endi yana qo‘rqib ketyapman. – Lekin to‘g‘ri, bolam, chakki aytdim... qo‘rq- ma. Hozir olov yoqib yuboramiz. Hamma yirtqichlar olovdan qo‘rqadi... Ana, qopqon qo‘yadigan joyga ham yaqinlashyapmiz. Huv anavi jarliklar yonida bo‘rsiqlar ko‘p bo‘ladi. Ilgari, eh-he, bobong bilan bu atroflardan qanchadan-qancha bo‘rsiqu quyonlar tutganmiz. Qishi bilan mehmonxonada quyon go‘shti yeb chiqardik. Ahmadqul bobom xurjunga boltacha ham solib kelgan ekan. O‘sha bilan yulg‘inu to‘rong‘illardan, supurgidek qalin o‘sgan yantoqlardan kesib, gul- diratib olov yoqib yubordi. Qo‘llarimizni tobladik. Keyin issiq kaftimizni fotiha o‘qiyotganday qilib yuzimizga surtdik. Ahmadqul bobom nima qilsa, men ham shunday qilaverdim. O‘ngga qarasa, o‘ngga qarayman, chapga qarasa, chapga qaray- man. O‘sha tomonlarda bo‘rilar bormikan, deb o‘ylayman. – Endi, î‘g‘lim, sen shu yerda o‘tirib turasan, – o‘rnidan turib, jar tomonga tikilib dedi Ahmadqul bobom. – Siz-chi? – shoshilib men ham o‘rnimdan turib ketdim. Jannati odamlar 61 – Men jar yoniga o‘tib mana bu qopqonchalarni qo‘yib kelaman. – Men ham boraman. – Jon, î‘g‘lim, ko‘lmak suvlarni qara, ustidagi muzga ishonma, botib qolasan, tagi chuqur. – Unda meni ko‘tarib olasiz. – Nima? – O‘zingiz bobojonimga aytdingiz-ku, charchasa ko‘tarib olaman deb. Ahmadqul bobom indamadi, menam indama- dim. Eshakni olov yonidagi yulg‘in tupiga bog‘lab, xurjundan bobojonimning suv kechadigan uzun rezinka etigini olib, mahsisining ustidan kiya boshladi. Qarab turdim. Oyog‘i juda kalta ekan. Rezinka etikning qo‘nji qoringacha borib qoldi. Oldin meni ko‘tarib o‘tkazdi, keyin xurjunni olib o‘tdi. – Nasriddinning nabirasi bo‘laman, deb juda erka bo‘lib ketibsan, – dedi axiyri. – O‘zingiz ham erka bo‘lib ketibsiz, – dedim men ham. – Boy bobongning uyida qarol bo‘lganimni bilarkansan-da, otangni ham o‘zim ko‘tarib katta qiluvdim. Men indamadim. Yig‘lagim kela boshladi. Qorlarniyam, toglarniyam yomon ko‘rib qoldim. Agar yo‘lda bo‘ri uchrab qolishidan qo‘rqma- ganimda, jon-jon deb qochib ketgan bo‘lardim. Ahmadqul bobom menga qarab-qarab qo‘yayapti. Bir gal labini burib masxara qildi, men ham tilimni chiqarib qo‘ydim... Mana bu yo‘lakchadan quyonlar sakrab-sakrab o‘tibdi, bir emas, bir nechasi... Sakraganini oyoqchasi qorga chuqurroq botganidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling