Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
55
– Men senga gap topib beraolmayman-da,
î‘g‘lim.
– Mayli, topolmasangiz ham gaplashaveramiz.
Ayting-chi, siz nega pakana bo‘lib qolgansiz?
– Iya, men pakanamanmi?
– Bo‘lmasam-chi, kecha pakananing go‘shtini
bo‘ri yemaydi, dedingiz-ku.
– Pakana bo‘lsam, kel, bo‘yimizni o‘lchab ko‘-
ramiz.
– Men hali bolaman-ku.
– Bola bo‘lsang ham o‘lchayveramiz.
– Yo‘q, ayting, nega pakana bo‘lib qolgansiz?
– E, o‘g‘lim, boyvachcha bolam, mahkamroq
ushla, tag‘in yiqilib tushmagin. Lekin biqinimdan
ushlama, qitig‘im bor... Xudo shunday yaratgan
bo‘lsa, bandasining qo‘lidan nima ham kelardi, bo-
lam... Bobong aytmagan ekanda, men chala tug‘il-
ganman. Odam-chi, onasining qornida to‘qqiz oyu
to‘qqiz kunu to‘qqiz soat yotadi, bilasan-a?
– Yo‘q, bilmayman.
Sen nimani bilasan, o‘zi?
– Hamma narsani bilaman.
– Mening onam ho‘kizdan qo‘rqib, yetti oyda
tug‘ib qo‘ygan ekan. Meni beshikda emas, bedanaga
o‘xshatib to‘rqovoqda katta qilishgan ekan.
– Keyin o‘sha ho‘kizni nima qilishgan ekan?
– So‘yishgan bo‘lsa kerak-da.
– Keyinchi?
– Keyin mana shunaqa kichkina bo‘lib qolgan-
man-da.
– Bedana bo‘lib sayrashni bilasizmi?
– Bilaman.
– Qani, sayrang-chi.


Xudoyberdi To‘xtaboyev
56
– Yo‘q, o‘g‘lim, avval bo‘rsiqni ushlab, so‘yib,
bobongning oyog‘ini davolaylik, keyin sen, men,
bobong uchovimiz bedazorga boramiz, ana o‘sha
yerda vavaqlab sayrab beraman.
– Yo‘q, hozir sayraysiz.
– Sayramayman.
– Bo‘lmasa qitiqlayman.
– Qo‘lingni ol. Rostdan ham qitig‘im bor, jon
î‘g‘lim... Mana, soy bo‘yiga ham keldik. Uyog‘iga
piyoda o‘tamiz shekilli. Eshagimiz muzdan
o‘tolmaydi, chog‘i. Oldin sen tushgin, barakalla...

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling