Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
49
Chiqsak, Ahmadqul bobom kelib, endi kavu-
shini yechayotgan ekan.
– Qalay, o‘rtoq, tuzalib qoldingmi? – deb so‘radi
bobomdan.
– Xudoga shukr, – deb qo‘ydi bobojonim.
– Isitmang tushdimi?
– Xiyla pasaydi shekilli.
– U-bu deymiz-u, shu do‘xtirlarga ham ishonish
kerak.
– Ha, albatta. Ular ham xudoning bandasi.
Iloyo omin, – menga qarab fotiha o‘qidi
Ahmadqul bobom, – qadam yetdi, balo yetmasin,
o‘rtog‘imning tuzalib qolgani rost bo‘lsin, Allohu
akbar!
– Allohu akbar! – deb men ham sandaldan
chiqargan issiqqina qo‘lim bilan yuzimni silab
oldim.
Ahmadqul bobom tuni bilan uxlay olmabdi.
Yetmish yillik qadrdonim alahlab yotsa-yu, men
qanday qilib uxlayman, dedi. Xuddi changalning
ustiga dumalaganday qiynalib chiqibdi. Bo‘rsiq
ovlagani borarmish, buning uchun bobojonim
kichkina-kichkina qopqonlaridan hech bo‘lmasa,
ikkitasini berishi kerak ekan...
– Ho‘ mulla Ahmad, – dedi bobojonim ko‘zini
ochib, – bo‘rsiq quv bo‘ladi, uni qopqonga tushirish
oson emas.
– Ilgari ilintirib kelardik-ku, – xafa bo‘ldi
Ahmadqul bobom.
– Qopqonni men qoyardim-da, ilinsa, ov meniki
deb turib olarding. Quyon so‘ysak, menga qirsillatib
yeysan, deb qulog‘ini berarding. He-he-he! Yo‘q
dema, o‘rtoq, qopqoningni bera qol, sen uchun


Xudoyberdi To‘xtaboyev
50
qilyapman bu ishni. Bo‘lmasa shu sovuqda... Ayozni
qara; uzib olaman, deyapti.
Bobojonim ko‘zlarini yumgan kuyi ancha mahal
jim turdi. Javobini hammamiz betoqat kutardik.
Men ichimda: «Ey Xudo, bobojonim ko‘na qolsin,
iloyo omin, men ham ovga birga boray, birga boray»,
deb pichirlab turdim.
– Qiynalasan, o‘rtoq, – dedi bobom ko‘zini
ochib.
– Qiynalsam, sen uchun qiynalaman, Erka.
Agar hozir o‘rtog‘ingga nafi tegadi desa,
do‘zaxdan olov olib kelishga ham tayyorman.
Bobojonimning so‘linqirab qolgan yuzlari
yorishib ketganday bo‘ldi, ko‘zlarini katta ochib,
kulimsirab ham qo‘ydi.
– Yaxshi o‘rtog‘im bor-da, onasi, – deya
maqtandi, – o‘shanda suvga cho‘kayotganingda
qutqarib yaxshi ish qilgan ekanman, o‘rtoq.
– O‘zimga kerak bo‘ladi, deb qutqargansan-da.
He-he-he! Kuldik, hammamiz kuldik, bobojo-
nim ko‘proq kuldi. Men shartta o‘rnimdan turib:
– Ovga men ham boraman, – dedim.
– Nima? – uchovlari barobar so‘rashdi, – shu
sovuqda-ya?
– Boraman, dedim, boraman.
– Bekorlarni aytibsan, – jerkib berdi enajonim.
– O‘zingiz bekorlarni aytibsiz, – deb yer
tepindim.
– Haddingdan oshma.
– O‘zingiz oshmang.
Enam bilan bobomni biror gapimga ko‘ndiraol-
masam yerga yotib olib yig‘lashni o‘rganib olgan
edim. Avval kigizga o‘tirib yig‘layman, ko‘nishmasa



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling