Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 47
Xudoyberdi To‘xtaboyev
46 malari rosa yolvorishdi, bobojonim boshini chayqab, yo‘q, deb turaverdi. Birpas turdi, ikkipas turdi, axiyri uh tortib: – Bo‘pti, bilganlaringni qilinglar, – deya yig‘- lamsirab qornini yerga berib yotib oldi. Do‘xtir amaki bir qarichcha keladigan ignasini yalang‘ochlab, uchiga bir narsa surayotgandi, men qo‘rqib teskari o‘girilib oldim. Ignadan juda ham qo‘rqaman. Qishlog‘imizdagi hamma bolalar qo‘rqadi. Faqat Sanam buvi qo‘rqmaydi, xolos. Chechakka qarshi emlash uchun kelganlarida birinchi bo‘lib bilagini yalang‘ochlab berganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. – Amaki, sizda bo‘rsiqning yog‘i bo‘ladi, deb eshitardim, – so‘radi do‘xtir. – Ha, ilgari mo‘1-ko‘l bo‘lardi, – xo‘rsinib dedi bobojonim. – Hozir-chi? – Ovchilikni tashlab yuborganman. – E, attang, bo‘rsiqning yog‘i suyakni yaxshi terlatadi. Hozircha undan yaxshiroq shifo yo‘q. Ahmadqul bobom qachon kulsa, albatta, so- qo‘lini silkitib kuladi. Bu gal ham ovoz chiqar- masdan turdi-da: «Bu ovsar chol o‘zi ovlagan hayvonning ko‘zidan o‘zi qo‘rqadigan bo‘lib qolgan emish», – deb qo‘ydi. Enajonim bobomning qizil gul tikilgan qora chorsisiga omborxonadan to‘ldirib, har xil mevalardan tugib chiqdi. Ishonsangiz, bizda bunaqa mevalardan juda êî‘p. Uzum, anor, behi... Hammasini katta omborxonamizning shiftiga osib qo‘yganmiz. Enam qishloqqa ketganda Hayitvoy, Dilijon, Sanambuvilarni boshlab kirib, do‘ppimizni tepaga otib, uzumdan, anorlardan tushirib, mazza Jannati odamlar 47 qilib yeb ham turamiz. Do‘xtir amaki tugunga ko‘zi tushishi bilan: «E, qo‘ysangiz-chi, uyat bo‘la- di», degan edi, enam: «Olasiz, olmasangiz qo‘y- mayman, bir etak bolangiz bor-a», deb o‘sha tugunni Ahmadqul bobomning qo‘liga tutqazdi. – O‘rtoq, endi onangni qornida yotganday tinchgina uxlagin, – dedi Ahmadqul bobom ostonaga yetganda, – Xudo xohlasa, endi o‘lmaysan, aytdim-ku, seni o‘ldirgani qo‘ymaymiz deb. Do‘xtir ukamni o‘zim kuzatib qo‘ymasam bo‘lmaydi shekilli. Tunning qorong‘iligini qara-ya. Yopirim- ey... Qishloqqa bo‘ri oralagani rostga o‘xshaydi, Shokir toychoqning g‘unajinini bo‘g‘izlab ketibdi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling