Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 48
BO‘RSIQ OVIGA OTLANDIK
H ar galgidek, bugun ham enajonim meni bomdod namoziga uyg‘otdi. Tursam, sandalga bozillatib olov solib, bobomga sut ham qaynatib bergan ekan. – Uyg‘ondingmi, toylog‘im, – so‘radi bobom. Uyqusirab turgandim, shunday bo‘lsa ham yugurib borib bobojonimning bo‘ynidan achomlab oldim. – Endi o‘lmaysiz-a? – deya so‘rab ham qo‘ydim. Bobojonim xiyol kulimsirab, bosh chayqab qo‘ydi, yelkamni qayta-qayta silay boshladi: – Bor endi, tahorat qilgin. Tahorat qilishni o‘rganib olganman, enajonim o‘rgatgan. Oldin uch marta qo‘l yuviladi, keyin uch marta bet yuviladi... La ilaha illollohu, la ilaha illollohu deb aytib turiladi. Ana shuni aytsangiz, ins-jinslar bolalarga tegmas ekan. Keyin, men namoz o‘qishniyam bilaman. Xudoyberdi To‘xtaboyev 48 Namozdan so‘ng enam: – Qulunim, yur, chiroqni ushlab turgin, mollarga xashak solib chiqaylik, – dedi. Molxonamiz juda katta, agar tuynugiga eski to‘nni buklab tiqsangiz, kunduziyam qop-qorong‘i bo‘ladi. Mollarimiz ham ko‘p: sigirimiz, g‘o‘naji- nimiz, novvosimiz, eh-he, qo‘ylarimizu qo‘chqor- larimiz ham bor. Dilijonning qo‘chqorini bir suzib dumalatib tashlagan. Bobojonim yanagi kuzda novvosni so‘yib senga katta to‘y qilib beraman, degan. Eh, to‘yim tezroq bo‘la qolsaydi. Yangi to‘nim, yangi do‘ppim, piston qadalgan etikchamni kiyib, ko‘z-ko‘zlab mazza qilib o‘ynardim-da. – Sigirniyam sog‘ib ola qolaylik, – dedi enam. – Mayli, sog‘ib ola qolaylik, – dedim men ham. Enam sigir sog‘ayotganda buzoqchasini ushlab turishni yaxshi ko‘raman. Nega desangiz, u judayam yuvvosh, iliqqina tili bilan betlarimni yalab-yalab turadi. U yalayotganda men yumshoq junlaridan ohista-ohista silab qo‘yaman. Betimni issiqqina badaniga bosib, «buzoqcham, shirinim», deb erkalayman. – Ichasanmi? – dedi enam, sog‘ib bo‘lgach. – Ichaman, – dedim-da, bo‘ynimni cho‘zib, oyog‘imning uchida turib tovoqdagi ko‘piklab turgan iliqqina sutdan tishimning orasidan o‘tkazib simirib icha boshladim. Enamning aytishicha, bolalar yangi sog‘ilgan sutdan ko‘p- ko‘p ichib tursa, kuchli bo‘larkan. Kurash tushganda hamma bolalarni yiqitarkan, men huv birda, sutni ko‘p ichgan kunim Hayitvoyni ikki marta «gupanglatib», o‘n uchta yong‘og‘ini yutib olganman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling