Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 54
Jannati odamlar
53 kashday keladi. To‘rtta loykash ham unga loy yetkazib berolmasdi. Yomon mardikor yonidan, deb haq olmasdi, savobini o‘g‘illarimga bag‘ishlang, derdi... Keyin bobong êî‘chat ulashishni yaxshi êî‘radi, qishlog‘imizdagi jamiki bog‘larda uning ko‘chatidan bor, buyam saxovat bo‘ladi, o‘g‘lim. Endi tushungandirsan? – Ozgina tushundim, xolos. – Voy-bu, sen qanaqa bolasan, o‘zi? – Yaxshi bolaman. – Yaxshi bola bo‘lsang, endi jim ket. – Jim ketgim kelmayapti. Ayting-chi, siz zo‘rmi, bobojonim zo‘rmi? – Men zo‘rman. – Voy, siz kichkinasiz-ku, bobojonimning bitta qo‘licha kelasiz-ku! – Meni kichkina polvon deyishadi, ha! – Bobom bilan bir marta bo‘lsa ham kurash tushganmisiz? – Tushganman. – Kim yiqitgan? Bobongni aylantirib turib tomga otib yubor- ganman. – Hecham-da. – Ishonmaysanmi? – Yo‘q. – Bo‘pti, hali borganda kurash tushamiz, o‘shanda ko‘rasan, endi jim ket. Bobom ikkovlari kurash tushsa qalay bo‘larkin, bordi-yu, bobom yiqilsa-ya, deb o‘yladim-u, keyin so‘rayotgan narsam esimdan chiqib, jim bo‘p qo‘ya qoldim. Tog‘ tomonga qarab ketyapmiz. Hammayoq oppoq qor. Hov baland-baland tog‘larda, adirlarda, Xudoyberdi To‘xtaboyev 54 biz borayotgan maydonlarda mo‘l-ko‘l oqlik. Ham- mayoq charaqlab ketgan, qarasangiz ko‘zingiz jimirlaydi. Eh, qanday yaxshi-ya, qanday soz bo‘ldi-ya! Huv uzoqlarda, osmonu falakda qushlar gala- gala bo‘lib uchib yurishibdi. To‘dalar qo‘shiladi, yana ajraladi, yana qo‘shiladi, yana ajraladi. O‘yin qilishayotgandir-da? Qanday yaxshi-ya! Qani endi, men ham hozir qushcha bo‘lib qolsam, o‘sha balandlikka ko‘tarilib, qanotlarimni qoqib rosa o‘y- nardim... O‘tib borayotganimiz o‘rikzorlarda har xil qush- lar êî‘p. Ana, gurr etib chumchuqlar ko‘tarilib, o‘riklar shoxiga qo‘ndi, ustimizga duv etib qor to‘kildi. Nariroqda har bittasi tovuqday-tovuqday po‘mqarg‘alar sariq tumshuqlarini pastga qilib xayol surishyapti, bechoralar-ey, endi ovqatni qayerdan topsam ekan, deb oylashayotgandir-da? Saqichdek qop-qora, betoqat qorashaqshaqlar shoxdan-shoxga sakrab quvlashmachoq o‘ynashayotganga o‘xshaydi, ular biram ko‘p, biram ko‘pki. Qo‘shnimiz Sultonali akam o‘tgan yili behiga tuzoq qo‘yib, qora- shaqshaqni ilintirganda men bir do‘ppi yong‘oqqa almashtirib olgandim. Tovoqning tagiga bostirib qo‘yganimda, enajonim bilmay ko‘tarib, qush- chamni uchirib yuborgan, ehtimol, o‘sha qushcham hozir shularning orasida bordir? Meni taniyap- timikan? Ularda es bo‘lmaydi-ku. – Bobojon, keling, yana gaplashib ketaylik, – deyman zerikib. – Hali gaplashdik-ku, – deydi Ahmadqul bobom. – Yana gaplasha qolaylik, jon bobojon. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling