Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 57
BO‘RSIQ QUV BO‘LADI
E shakdan tushgach, ikkovimiz ham jim bo‘lib soy tomonga tikildik. Ahmadqul bobom qaysi tomonga qarasa, men ham o‘sha tomonga qaray- verdim. Bobom suv yoyilibroq oqadigan, kechuvi osonroq joyni tanlayotgan bo‘lsa kerak. Men bo‘lsam, voy-bo‘y, shuncha suv qayerdan paydo bo‘larkin, deb o‘ylayotgandim. – Shu yerdan o‘taveramiz, – dedi Ahmadqul bobom. – Mayli, shu yerdan o‘taveraylik, – dedim men ham. Eshagim o‘zi ajoyib-da, bunaqa esli hayvonni ikki dunyoda ham topolmaysiz. Muzlarni tars-turs sindirib o‘taveradi. Bilmasdan dumg‘azasidagi juni- dan tortib qo‘ymay deb o‘ng qo‘limni qo‘ltig‘imga tiqib, ikkala ko‘zimni barobar yumib olganman. – Mana buni eshak desa bo‘ladi, – dedi Ahmadqul bobom narigi qirg‘oqqa o‘tgach, – eshak emas, Hazrat Alining tulpori bu. Jannati odamlar 57 – To‘g‘ri, tulpor, – dedim men ham. Tepalikka chiqib, atrofga rosa tikildim. Bu yerdan huv uzoqdagi qishloqlar, hozirgina o‘tga- nimiz o‘rikzorlar ko‘rinib turarkan. Ov qilishimiz kerak bo‘lgan changalzor poyonsiz, borib-borib tog‘ yonidagi adirlarga qo‘shilib ketadi. Changal, yantoq, shuvoq va yana men otini bilmaydigan boshqa giyohlar qor ostida boshini egib turibdi. Xuddi o‘zimning bobojonimga o‘xshab oq salla o‘rab, namoz o‘qiyotganday. Yuraverdik, yura- verdik. – Iya, ana buni qara! – dedi Ahmadqul bobom to‘xtab. – Nimani qaray? – dedim shoshilib. Nega desan- giz, o‘zimning shu paytda juda-juda gaplashgim kelib turgan edi. – Bo‘ri o‘tibdi, izini ko‘rmayapsanmi? – Voy, – dedim hayron bo‘lib, – bu itning iziku, bobojon. – Itning izi enajoningni chaqichiga o‘xshab dumaloqroq bo‘ladi. Bu – bo‘riniki, bolam. Cho‘ziq- ligidan bilmayapsanmi? Qayoqdan ham bilarding, bo‘ri oviga chiqmagan bo‘lsang... Qishloqdan toqqa qarab o‘tibdi. Qorniyam rosa to‘q ekan, qara, izlar chuqur botgan... Αh-hu, shu kecha o‘tganga o‘xshaydi, iz muzlamagan hali. Iya- iya, to‘xta! Ahmadqul bobom mendan oldin to‘xtab yonginamizdagi giyohsiz yalanglikka, qorlari rosa ezilgan, puypalanib tuproqqa qorishib ketgan maydonchaga qoshlarini kergancha tikilib qoldi. – Nima bo‘ldi, bobojon? – xavotirlanib so‘- radim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling