Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 59
Xudoyberdi To‘xtaboyev
58 – Mana bu yerda ikkita bo‘ri rosa olishganga o‘xshaydi. – Urishibdimi? – Yo‘q, o‘ynashibdi shekilli. Ona-bola bo‘lsa kerak. Qara, birining izi katta, chuqurroq botgan, tanasi og‘irda. Boshqasiniki kichkina, qorga uncha botmagan. Voy-bo‘y... – Bobojon, qo‘rqib ketyapman, – dedim chindan ham qo‘rqib. – Qo‘rqma, o‘g‘lim, qo‘rqma. – Qo‘rqmay desam ham qo‘rqib ketyapman. – Yigit kishi ham qo‘rqadimi? – Yo‘q, men yigit emasman. Keyin yigit bo‘la- man. Keta qolaylik. – Bo‘rsiq ovlagani kelganmiz-ku, î‘g‘lim. – Bobojonim tuzalib qolsa, hammamiz birga tutamiz. Bobomning miltig‘i bor, og‘ilxonaga ber- kitib qo‘ygan. O‘shani olib kelarmiz. – O‘h-ho‘, bobongning miltig‘i bor degin? – Hech kimga aytmagin degan. – Qo‘rqma, o‘g‘lim, kel, qo‘lingni ushlab olaman. Barakalla. Xudo xohlasa, bo‘ridan qo‘rq- maymiz, yonimdagi pichoqni ko‘ryapsanmi? Hazrat Alining qilichiday keladi-ya, – Ahmadqul bobom pichog‘ini tovoniga tegib turgan qinidan sug‘urib, havoda bir oynatib qo‘ydi. Pichoq juda uzun ekan. – Har qanday bo‘rini chavaqlab tashlayman-a. Undan keyin, î‘g‘lim, xudoyi taolo odamni hamma jonzotdan ulug‘ yaratgan. Odamning farishtasi behad buyuk bo‘ladi. Eng och bo‘ri ham hadeganda yurak yutib unga yaqinlashib kelolmaydi... Hozir bo‘rilar to‘q, negaki, dala-tuz to‘la qo‘zi-mol... Yana ozgina yuraylik, huv narida Tentaksoydan ajralib Jannati odamlar 59 chiqqan yoyilmalar bor, bobong bilan quyonu bo‘rsiqlarni o‘sha yerlarda ovlardik. Undan narida bo‘ri-yu tulkilarga qopqon qo‘yardik. Lekin bo‘ri ayyor bo‘ladi, bolam. Bir avlodi ilingan joyga boshqa avlodi qadam bosmaydi... Yo eshakka minib ola- sanmi? – Yo‘q-yo‘q, eshakning ustida qo‘rqaman, – dedim. – E, yana qo‘rqaman deydi-ya, – Ahmadqul bobom arqon ushlab ketayotgan qo‘lini jahl bilan silkitib qo‘ydi, – sen Erkacholning nabirasi bo‘lmabsan. – Kim bo‘libman bo‘lmasa? – Qo‘rqoq bo‘libsan. – Hecham-da, men sal-pal qo‘rqyapman, xolos. – Bobong sandaqalik mahalida jasur, dovyurak edi... Yigitlik chog‘ida esa bir o‘zi ko‘k bo‘rini yiqitgan. Aytib bermaganmi? – Yo‘q, aytmagan. – Mayli, keyin aytib beraman. – Yo‘q, hozir aytib berasiz, bo‘lmasa yana qo‘rqaman. – E, o‘g‘lim, bunga ancha zamonlar bo‘ldi... O‘shanda dashtga qovun ekib, êàðà tikib ko‘chib chiqqan edik. Sutday oydin bir kecha edi. Bobong pashshaxonadan boshini chiqarib bunday qarasa, qovunning ichida kimdir engashib yurgan emish. Kim u desa, indamabdi. Asta oldiga borayot- gan ekan, bo‘ri bir sakrab tashlanib qopti. Xayriyat- ki, bo‘rining pastki jag‘i bobongning qo‘liga kirib qopti. Bobong polvon odam edi-da, bukaveribdi, bukaveribdi, axiyri bo‘rining belini sindiribdi... Keyin huv Ahmadqul, deb meni chaqirib qoldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling